Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


uning faqat qat’iy cheklangan shaxslar doirasiga zarar yetkazishga



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

uning faqat qat’iy cheklangan shaxslar doirasiga zarar yetkazishga 
qaratilganligi bo‘ladi, bunday shaxslarga qonun ijtimoiy xavfli 
qilmishni sodir etgan shaxslarni kiritadi. Ushlovchi tomonidan aybdor 
shaxsni qisqa muddatli ozodlikdan mahrum qilish maqsadida boshqa 
shaxslarning ushbu qilmishga daxlsiz ekanligini bila turib ularga zarar 
yetkazilishi oxirgi zarurat qoidalari bo‘yicha malakalanishi kerak. 
Ushlovchi shaxs tomonidan ushbu holat anglanmagan bo‘lsa, uning 
harakatlari amaliy xato to‘g‘risidagi qoidalar bo‘yicha malakalanadi. 
Ushlashda yetkaziladigan zarar ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan 
shaxsning har qanday huquqlari va manfaatlariga taalluqli bo‘lishi 
mumkin. Jumladan, ushlanayotgan shaxsning sog‘lig‘i, mulki, qadr-
qiymati va sha’niga zarar yetkazilishi mumkin va hokazo. Shuningdek, 
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning hayotiga ham zarar 
yetkazilishi mumkin. Lekin o‘ldirish favqulodda holat sifatida qaralishi 
lozim, ya’ni u faqat aybdor shaxsning jinoiy javobgarlikdan bosh 
tortishining zarariga muvofiq kelgan holatlardagina oqlanishi mumkin. 
Masalan, og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirgan, terrorchi 
bo‘lgan yoki insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxsni o‘ldirish 
oqlangan bo‘ladi. Lekin ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni 
ushlash jarayonida uni o‘ldirish holatida tergov va sud organlari 
yetkazilgan zararning muvofiqligi masalasini muhokama qilishi kerak, 
bunda ular hayotidan mahrum qilish odil sudlov manfaatlarini amalga 
oshirishni istisno etishini ko‘zda tutishi lozim. 
Ushlanayotgan shaxsga zarar yetkazish, uni amalga oshirmagan holda 
ushlovchi shaxsning huquqlari va manfaatlariga xavf solmagan holda 
ushlashni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan, majburan chora bo‘lishi 
lozim. Bunda majburan holda zarar yetkazilishi doimo holat masalasi 
bo‘lishi, ya’ni ushlashning vaziyati, ushlanayotgan shaxsga va ishning 
boshqa muayyan holatlariga bog‘liq bo‘lishini hisobga olish lozim. 
420 


Zarar noilojlikdan yetkazilganligini aniqlash uchun tergov va sud 
organlari quyidagilarni tahlil qilishi lozim: 
– ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarlikdan 
qochish imkoniyati. Bunda sud-tergov organlari ushbu shaxsni ushlashga 
qarshilik ko‘rsatish choralarining faolligi va samarali bo‘lishiga e’tibor 
qaratishi lozim, u ijtimoiy xavfli qilmishni to‘xtatish, hokimiyat 
organlariga borish talablarini bajarishni rad etish; qilmish sodir etilgan 
joyidan yoki hokimiyat organlariga yetkazish yo‘lidan qochib ketish va 
hokazo; 
– ushlashni amalga oshiruvchi shaxsning uni zarar yetkazmagan holda 
amalga oshirish imkoniyatlari. Bu imkoniyatni aniqlash uchun 
ushlanayotgan va ushlovchi shaxslarning soni, ularning jinsi, yoshi, 
qurollanishi, jismoniy kuchiga va hokazolarga e’tibor berish lozim. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda zarar 
yetkazishning qonuniyligi faqat yetkazilayotgan zarar muvofiq bo‘lgan 
holdagina mavjud bo‘ladi. Bunda zararning muvofiq bo‘lishi uning 
qilmish xavfliligiga va uni sodir etgan shaxsga, shuningdek, ushlash 
vaziyatiga muvofiq kelishini bildiradi. 
Yetkazilgan zararning muvofiqligini aniqlashda quyidagilarga alohida 
e’tibor berish lozim: ushlash amalga oshirilgan vaziyat, ya’ni ushlashni 
amalga oshirish vaqti va joyining xususiyatlarini ko‘rsatuvchi turli holatlar 
majmuasi; ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning harakatlari, 
uning ushlovchi shaxsning qonuniy faoliyatiga ko‘rsatgan qarshiligining 
intensivligi; ushbu shaxs, shuningdek, uni ushlovchi shaxs ega bo‘lgan 
kuch va imkoniyatlar, vositalar, ularning ruhiy holati va boshqa holatlar, 
ularning barchasini qamrab oluvchi ro‘yxat Bu yerda keltirilishi mumkin 
emas. 
Shuni hisobga olish lozimki, yetkazilgan zararning muvofiqligi 
bo‘lishi uning qonunda belgilangan barcha shartlarga, ya’ni qilmishning, 
shaxsning xavfliligi va ushlash vaziyatiga muvofiqligini talab etadi. Lekin 
bu shartlarning zarar yetkazilishi muvofiq bo‘lishiga ta’siri turlicha 
bo‘ladi, jumladan, qilmishning va uni sodir etgan shaxsning xavfliligi 
yetkazilgan zararning yuqori chegarasini, boshqacha aytganda, miqdorini 
421 


aniqlashga imkon beradi. Masalan, qilmish qanchalik xavfli bo‘lsa, uni 
sodir etgan shaxsga shunchalik jiddiy zarar yetkazilishi mumkin va 
aksincha, qilmishning ijtimoiy xavfi qanchalik kam bo‘lsa, ushlash 
jarayonida shunchalik kam zararni yetkazish mumkin bo‘ladi. Yetkazilgan 
zararning ushlash vaziyatiga muvofiqligi mezoni boshqacha ahamiyatga 
ega, chunki u faqat ushlash uchun kerakli va yetarli bo‘lgan zarar 
yetkazilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda ushlashni amalga oshiruvchi 
shaxs uchun vaziyat qanchalik noqulay bo‘lsa, yetarli zararning darajasi 
shuncha yuqori bo‘lishini ta’kidlash lozim, u ba’zi hollarda hatto yo‘l 
qo‘yiladigan zararga teng bo‘lishi mumkin. Ayni paytda, ushlash vaziyati 
ushlashni amalga oshiruvchi shaxs foydasiga o‘zgarsa, yetkaziladigan 
zararning yetarlilik chegarasi shunchalik kamayadi. 
Vaziyatning qulayligi yoki noqulayligi har bir muayyan holatda 
baholanishi kerak bo‘lgan holat masalasi ekanligini ta’kidlash lozim. 
Bunday baholash davomida tergov va sud organlari ushlovchi shaxs va 
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning kuchlari, imkoniyatlari va 
vositalarining o‘zaro nisbati taxminan teng bo‘lgan, shuningdek, bunday 
muvozanat ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs foydasiga buzilgan 
holatdagi vaziyat noqulay vaziyat deb qaralishi lozimligini hisobga olishi 
kerak. 
Yetkaziladigan zararning muvofiq bo‘lishi uning belgilangan 
chegaralarga muvofiq bo‘lishini, jumladan, chegarasidan chetga 
chiqmasligini talab etadi. Bunda zararning yuqoridagi ikkita chegarasidan 
birini buzish, ularning qaysi biri kamroq bo‘lishiga qarab, chegaradan 
chetga chiqish bo‘ladi. Ayni paytda, xuddi shunday holatda shaxs qattiq 
qarshilik ko‘rsatsa va qonun tomonidan himoyalanadigan huquq va 
erkinliklarga zarar yetkazish xavfini tug‘dirsa, bu holda yetkaziladigan 
zarar ruxsat etilgan chegaradan chetga chiqmasligi lozimdir. Biroq, 
ushlanishdan qochish maqsadida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs 
ushlovchiga hujum qilsa, bu holda u ruxsat berilgan chegaradan chetga 
chiquvchi zararni yetkazishga haqlidir. Lekin bu holat sharhlanayotgan 
modda qoidalari emas, balki zaruriy o‘z-o‘zini himoya qilish qoidalari 
asosida tahlil etiladi. 
422 


Shuni e’tiborga olish lozimki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxsni ushlashda yetkaziladigan zararning mutanosibligi ushbu zarar 
jinoyatchi yetkazgan zarardan oshib ketmasligini talab etmaydi. Ushlash 
vaqtida yetkaziladigan zarar shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish 
natijasida yetkazgan zarardan kam, unga teng yoki undan oshgan bo‘lishi 
mumkin. Faqat shuni belgilash lozimki, yetkaziladigan zarar ijtimoiy 
xavfli qilmish yetkazishi mumkin bo‘lgan va konkret yetkazilgan 
zararlarga nomutanosib bo‘lmasligi lozim, ya’ni shaxsni ushlash uchun 
zarur bo‘lgan choralar belgilangan chegaralardan chetga chiqmagan 
bo‘lishi zarur. Ushbu masalaga boshqacha yondashuv fuqaroning 
ushlashni amalga oshirish huquqini asossiz tarzda cheklanishiga olib 
kelishi mumkin. Shuni aniq belgilash zarurki, yetkazilayotgan zarar 
ijtimoiy xavfli qilmish oqibatida yetkazilgan amaldagi va potentsial 
zararga nomutanosib emas, ya’ni shaxsni ushlash uchun zarur bo‘lgan 
chora-tadbirlar chegarasidan chetga chiqilmagan.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida yetkazilgan 
zararning qonuniyligini belgilovchi alohida shart sifatida ushlash 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin