Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


foydali maqsadlarga erishib bo‘lmasligidir



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

foydali maqsadlarga erishib bo‘lmasligidir. Ushbu maqsadni oddiy 
usullar bilan amalga oshirish imkoni borligi ayon bo‘lgan holatlarda xavfli 
harakatlarning qonuniyligi o‘z kuchini yo‘qotadi va yetkazilgan zarar 
uchun javobgarlik umumiy asosda kuchga kiradi. Ayni paytda, sud va 
tergov organlari ushbu masalani hal etishga alohida yondashmoqlari 
lozimdir, chunki jamiyatga manfaatli maqsadlarni oddiy usullar bilan 
amalga oshirish imkoni har qaysi ishning alohida holatlari va faktlarga 
bog‘liqdir. Shu sabab, u mavhum shaklda emas, balki aniq shaklda, ya’ni 
ishning konkret holatlariga nisbatan tatbiq etilish imkoniga ega bo‘lishi 
lozimdir. 
Shuni nazarda tutish lozimki, ijtimoiy foydali maqsadni hech qanday 
zararsiz amalga oshirish imkoni yo‘qligi, o‘sha zararni yetkazmaslik iloji 
yo‘qligini anglatmaydi, ya’ni bunda huquq va erkinliklarga zarar yetishi 
ehtimoli bor deb aytiladi, lekin ushbu zararni yetkazmaslikning iloji yo‘q 
deb ko‘rsatilmaydi. Aks holda, ya’ni subyekt oldindan qaytarib 
bo‘lmaydigan zararli oqibatlarni yuzaga kelishini bilgan holda, xavfli 
harakatlarni sodir etsa, ular ko‘rilayotgan modda qoidalari asosida 
baholanishi mumkin bo‘lmaydi, chunki ushbu holatda lozim bo‘lgan 
tavakkal etib harakat qilish elementi mavjud bo‘lmaydi. 
Xavfli harakatlar ular zararli oqibatlarni yuzaga kelishi oldini olish 
imkoniyatlarini obyektiv tarzda ko‘rsatuvchi zamonaviy ilmiy-texnika 
bilimlariga va tajribalariga muvofiq kelgan holatda oqlanadi. Shaxs o‘z 
tavakkalchilik tarzidagi harakatlarini amalga oshirishda tibbiyot, texnika 
sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan kelib chiqishi lozim. Shu bilan 
birga, shuni inobatga olish lozimki, qonun tavakkalchilik texnikaviy 
me’yorlar va qoidalarga emas, balki zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va 
tajribalariga muvofiq kelishini talab etadi. 
Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlarning zamonaviy bilim va 
tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, avvalo, bunday 
433 


qilmishlarning subyekt bilimlar va subyekt tajribalarga muvofiq bo‘lishini 
bildiradi. 
Tavakkalchilik harakatlarini amalga oshirishning muhim shartlaridan 
biri – shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin