holat jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida JK 55-moddasi 1-qismi «e»
bandiga muvofiq, ya’ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo‘lganligi
tufayli jazoni yengillashtiruvchi holat qatoriga kiritiladi.
Ammo, shaxs ishning haqiqiy holatlari bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa (masalan, ijtimoiy foydali maqsadini amalga oshirish uchun xato
harakat qilsa; ma’lum xavfsizlik choralarini ko‘rish borasida xatolikka yo‘l
qo‘ygan bo‘lsa), ushbu holatda aybdor shaxsning harakatlarini
faktik xato
bilan bog‘liq qonun-qoidalar asosida kvalifikatsiya qilinishi lozimdir, ya’ni
tavakkalchilik qonuniy shartlar asosida amalga
oshirilganligi tufayli
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Subyekt tavakkalchilik harakatlarini amalga oshirishda qonuniy shartlarga
rioya qilmagan holatlarda uning harakatlari qasddan yoki ehtiyotsizlik
sifatida umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: