Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Buyruq yoki farmoyishning jinoiyligini oldindan bilishi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Buyruq yoki farmoyishning jinoiyligini oldindan bilishi, bajaruvchi 
farmoyishlarning g‘ayriqonuniy ekanligini obyektiv tomondan anglagan 
yoki anglamagan bo‘lishi mumkin bo‘lmagan holatlarda namoyon 
bo‘lishida ifodalanadi. Bu kabi buyruq va farmoyish sifatida u yoki bu 
jinoyatni sodir qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni tushunish mumkin. 
Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindan bila turib uni bajarsa, bunday 
holat ishtirokchilik sifatida baholanib, buyruq beruvchi tashkilotchi, uni 
ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs deb topiladi. 
Shuni nazarda tutish lozimki, oldindan jinoiyligi ayon bo‘lgan ma’lum 
buyruq yoki farmoyishni ijro etish umumiy asosda baholanishi lozimligi 
haqidagi qonun oldindan jinoiyligi ma’lum mansab vazifalarini ijro etishda 
jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilmaydi. Qonunning 
bunday talqin etilishi yuridik til xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, sodir 
etilgan qilmishning baholanishiga ta’sir qilmaydi, shu sababdan oldindan 
jinoiyligi ma’lum mansab vazifalarini ijro etishda jinoyat sodir etgan 
shaxslar umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi lozim bo‘ladi. Bu 
masalaning o‘zgacha yechimi alohida kategoriyadagi shaxslarga asossiz 
ravishda javobgarlikdan qutulib qolish imkonini beradi, bu esa o‘z 
navbatida, Jinoyat kodeksining odillik va javobgarlikning muqarrarligi 
tamoyillariga zid keladi. 
JK 40-moddasiga muvofiq, shaxsning u yoki bu qilmishini amalga 
oshirishini baholashda, uning tomonidan qilmishni subyekt baholashi 
alohida ahamiyatga ega. Zero, shaxs g‘ayrihuquqiy yoki jinoiyligi ma’lum 
429 


bo‘lgan buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini 
bajarmaslik yoki buzish, agar bunday qilmish qonunda jinoyat deb 
belgilangan bo‘lsa ham, jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. 
Xullas, bajaruvchi tomonidan Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan 
ijtimoiy munosabatlarga yetkazilgan zarar uchun o‘sha buyruq yoki 
boshqa farmoyishni bergan shaxs javobgarlikka tortiladi, bunday hollarda 
bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki 
boshqa farmoyishlarni ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi, 
lekin ushbu buyruq yoki farmoyishning qonunga zid bo‘lganligining 
oldindan ma’lum bo‘lishi bundan mustasno. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin