14.
Oxirgi zarurat holati zaruriy mudofaa
holatidan qanday
farqlanadi?
15. Jismoniy va ruhiy zo‘rlash ostida nima tushuniladi? Ushbu xatti-
harakat jinoiylikni istisno qilishi mumkinmi?
16. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar
yetkazish ostida nima tushuniladi?
17. Qanday shartlarda ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etgan shaxsni
ushlash vaqtida zarar yetkazish huquqqa muvofiq topiladi? Ular ma’muriy
huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanishi mumkinmi?
18. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida,
ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga
chiqish
nimadan iborat? Ushlash vaqtida inson o‘limiga yo‘l qo‘yish mumkinmi?
19. Qaysi shartlarda buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarish
jinoiylikni istisno qiluvchi holat deb tan olinadi?
20. Oldindan jinoiy buyruqni (farmoyish yoki mansab vazifasini)
bajarish deganda nima tushuniladi? Qilmishni
bunday holatda
kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
21. Qanday holatlarda kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
tavakkalchilik asosli deb topiladi?
22. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
holatida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar
yetkazish chegarasidan chiqish mumkinmi?
23. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
holatining oxirgi zarurat holatidan qanday farqlari mavjud?
Dostları ilə paylaş: