“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
3

 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3
I. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “Sharq”. 1998. 4 – bet. 


 
Ilk Uyg’onish davri madaniyatining millat ilm – fani va 
madaniyati taraqqiyotiga ta’siri. 
 
Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero, 
bugunning qadru – qimmati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina 
to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy 
xulosalar chiqarulmagunicha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. 
Dunyo xalqlari tarixi insoniyat taraqqiyoti haqida to’la va batafsil tasavvur, 
bilim hamda tushunchalar berib, yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs 
bo’lib, yetishishida muhim o’rin tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz 
siyosatining ustivor sohasidir. 
Dunyo xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib 
o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli madaniyat va ma’naviyat sohasida faoliyat 
ko’rsatgan allomalar, tarixiy shaxslar hayotidan, iqtisodiy taraqqiyotidan, yangi 
farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda 
foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalardan 
hisoblanadi. Haqqoniy tarix dillarga hayot qonini quyuvchi, tillarga so’z baxsh 
etuvchi, saltanatlarni qayta yaratuvchi, o’tib ketgan asrlar silsilasini butun 
hayajonlari, egalari bilan ko’z o’ngimizda namoyon etib, hayotimiz sarhadlarini 
kengaytiruvchi mo’jizadir. Uning ma’naviy qudrati ila biz barcha kechmish 
zamonlarning odamlariga hamdamu hamnafas bo’lamiz,ular bilan goh suyib, goh 
kuyib dilimizni rag’batlantiruvchi, huslarimizga ozuqa beruvchi turli voqealar
ajabtovur fe’l – atvorlar dunyosiga oshno bo’lamiz. 
Tarixni insoniyat taraqqiyotining dardu quvonchlari, g’alabalaru 
mag’lubiyatlari, yaratuvchilik qudratiyu barbod etuvchi qora kuchlari, jasorat va 
xiyonat, oq va qoraning shiddatli to’qnashuvlari haqida hikoyalar bitilgan kundalik 
daftar deyish mumkin. 


Har bir xalq u kattami, kichikmi o’z tarixiga, milliy madaniyatiga ega. Jahon 
madaniyati har bir xalq madaniyatining, eng yetuk, eng yuksak namunalaridan 
tashkil topadi. U har bir milliy madaniyatdagi umuminsoniy tomonlarni o’zida 
mantiqan birlashtiradi, shuning uchun ham ilk Uyg’onish davri madaniyati 
namoyandalari – Xorazmiy, Beruniy, Farg’oniy, imom al – Buxoriy, at – Termiziy, 
Abu Ali ibn Sino, al – Motrudiy, Mahmud az – Zamaxshariy, Yevropa madaniyati 
namoyandalaridan – Vilyam Shekspir, Jordano Bruno, Rembrand, Rafael, 
Leonardo da Vinchi, Mikalenjelo va boshqalar asarlaridan ularni yaratgan millat va 
xalqgina emas, butun insoniyat dunyosidagi barcha xalqlar bahramand bo’lib 
foydalanmoqdalar. 
Markaziy Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar singari boy madaniy merosga 
ega bo’lib, bu meros millatimiz madaniyatining taqqiyotiga va yanada rivoji uchun 
xizmat qilib kelmoqda. 
O’zbek xalqi o’tmishda feodal jamiyat sharoitida madaniyatning barcha 
sohalarida boy va bebaho boyliklar yaratdilar. Biz ushbu bebaho madaniy 
boyilkardan bahramand bo’lmasdan turib, ularni o’rganib qalbimizga, ongimizga 
jo 
qilmasdan 
turib, 
ulkan 
imkoniyatlar 
mamlakatida 
– serquyosh 
O’zbekistonimizda buyuk davlat barpo eta olmaymiz. 
Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerakki, umumiy va maxsus 
bilimlarga ega, ongli, tafakkuri va har xil izmlardan ozod, zamonaviy 
dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan insonlargina 
fuqarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo’ladi. 
Tarixan O’zbekiston republikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI 
asrda o’zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari 
bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab 
ketgan. Ko’p jihatdan esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi. 
Mubolag’asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql – zakovat salohiyatimizning 
noyob va go’zal binosiga bundan ko’p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. 
Mamlakatimiz fani juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning chuqur 
va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida o’zbek 


millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o’rganishda, tibbiyot, falsafa, tarix, 
huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat 
qilib kelmoqda. Uzoq o’tmishdayoq o’zbek xalqining ilg’or mutafakkirlari olib 
borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat 
fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan 
buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Bular buyuk astronom 
va matematiklar al – Xorazmiy, Farg’oniy, Javhariy, Marvaziy, Ulug’bek; faylasuf 
va ilohiyotchi – huquqshunoslar Farobiy, imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Marg’inoniy, Nasafiy; qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tilshunos – shoirlar 
Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Zamaxshariy, Alisher Navoiy; tarixchilar Bobur 
Mirzo, Abulg’ozi Bahodirxon, Ogahiy va boshqa ko’pgina ulug’ zotlar.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin