“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar


ilmiy – texnikaviy salohiyatimizni rivojlantirish mamlakatimizni barqaror



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
ilmiy – texnikaviy salohiyatimizni rivojlantirish mamlakatimizni barqaror 
taraqqiy ettirish omilidir. Biz buni jahondagi obro’li tadqiqot markazlari bilan 
ilmiy, texnikaviy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, ko’plab dolzarb 
muammolar bo’yicha tadqiqotlarni birga o’tkazish bilan bevosita bog’liq deb 
bilamiz”
6
, – deb alohida ta’kidlab o’tgan edilar. 
6
I. Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T. “O’zbekiston”. 1998. 631- 632 – betlar. 


Tarix darslari jarayonida Uyg’onish davri Markaziy Osiyo 
va Yevropa davlatlari madaniyatining qiyosiy tahlili. 
 
Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlari Uyg’onish davri 
madaniyatining qiyosiy talili masalasini yangi pedagogik 
texnologiyalarga asoslangan usullar orqali o’rganish yo’llari. 
O’zbekiston milliy davlat mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin ta’lim davlat 
siyosatining ustivor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalgam oshirila 
boshlandi. O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganish bu borada markaziy o’rinni 
egallaydi. Zero, o’tmishni o’rganmasdan kelajakni yaratib bo’lmaydi. Binobarin, 
yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo’lmaydi”.
7
 
Ha, inosoniyat o’zining ko’pasrlik tarixiy murakkab tarixiy taraqqiyotida doimo 
o’tmish voqea – hodisalarni o’rganib, ulardan zarur xulosalar chiqarib, kamol 
topgan. 
Bugungi kundagi asosiy vazifa “O’zbekiston tarixi” fani bo’yicha yosh avlodni 
millatning dardiga darmon bo’ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashovchi
mamlakatimizning yuksak parvoziga zo’r qanot bo’luvchi komil inson qilib 
tarbiyalashdan iboratdir. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tarix fannini o’qitishning vazifalaridan biri 
o’quvchilarning milliy ongi, siyosiy, ilmiy – nazariy dunyoqarashini shakllantirish, 
o’tmish va hozirgi zamondagi voqea – hodisalarga ilmiy xolislik va tarixiylik 
prinsiplariga amal qilgan holda munosabat bildirishga qodir hamda umuminsoniy 
qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli barkamol insonni tarbiyalash, 
yoshlarda xalqimizning madaniy – ma’naviy merosi, ilg’or an’analari, milliy 
qadriyatlari, axloqiy fazilatlariga hurmat, otashin vatanparvarlik tuyg’usini, buyuk 
allomalarimizning jahon taraqqiyoti sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi bilan 
7
I. A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. “Sharq”. 1998. 9 – bet. 


faxrlanish hissini yuksaltirish, buyuk merosimizning munosib davomchilari hamda 
vorislarini tarbiyalash. 
Bunda o’qituvchining o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishga ijodiy yondashishi, 
o’qitishning turlui shakllaridan foydalanishi, ayniqsa, o’quvchilarning mustaqil 
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi milliy pedagogikamizdan va yangi 
pedagogik texnologiya usullaridan unumli foydalanishi tavsiya etiladi. 
Mustaqil milliy davlatchilikning vujudga kelishi, o’zbek xalqi va uning milliy 
davlatchiligining rivojlanishi, uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohada jahon 
sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini bilib olish, O’zbekiston davlatining sodiq, 
Vatanga fidoyi farzandini tarbiyalash maktabning bosh vazifasiga aylandi. Unda 
“O’zbekiston tarixi” asosiy o’rinni egallaydi. Shu bois, O’zbekiston tarixini yosh 
avlodning chuqur o’rganishini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. 
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “… zamon talabi shuki, professor va o’qituvchilar 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin