madaniyatimizning jahon madaniyati tarixidagi o’rni va rolini aniqlash uchun ham
zarurdir.
Ma’naviy madaniyat, ma’naviyat yutuqlari aksari madaniy yuksalish
jarayonida vujudga keluvchi va uni ifodalovchi olim – fozil, donishmand, adib va
din arboblari va ular faoliyati, yozib qoldirgan merosi kabilarda aks etib, muhrlanib
qoladi. Albatta, turli an’analar, arxeologik yodgorliklar, buyumlar va boshqalarda
ham xalq ma’naviyati
yutuqlari ifodalanadi, lekin yozma adabiyot, qo’lyozmalar
bu jihatdan alohida ahamiyatga egadir. Shuning uchun o’tmishdagi buyuk
siymolar, allomalar, adiblarning faoliyati, asarlarini o’rganish, ularni hozirda nashr
etish, targ’ib qilish, yubileylarini o’rkazish, madaniyat tarixini – ma’naviy
boyligimizni chuqur bilish ishida nihoyatda muhimdir.
Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o’tmishda ilm – fan,
madaniyatrning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning ijodlari ko’p
qirrali bo’lganligi, faoliyatida ilm –
fan bilan bir qatorda din, axloq, insonning
ma’naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni odilona boshqarish masalalari
muhim o’rin tutganligidan dalolat beradi.
Ularning merosi va madaniyat tarixi yana ilm – fan va diniy qoidalarning
bir
butunligini tashkil etib, umumiy ma’naviyat rivoji uchun xizmat qila olishini,
foydali bo’lishini isbotlaydi. Fan va din xalq madaniyatining turli sohalari,
qismlari bo’lib, yagona maqsadga qaratigan holda bir – birini to’dirishi, xalqni shu
yagona maqsadga yo’naltirisga xizmat qilishi mumkin. Diniy taassubning ilm – fan
hosobiga kuchayuvi ijtimoiy rivojlanishga, madaniyatning kuchayishiga zarar
keltirishini ma’lum tarixiy davrlarda yuz bergan jarayonlar o’zida ifodalaydi.
Olloh
taolo qaysi yurtda, qaysi tuproqda mana shunday zotlarni dunyoga
keltiradi? Parvardigori olam buyuk zotlarni O’zi aziz etgan joylardagina dunyoga
keltiradi. Bunday yurtlar esa yer yuzida sanoqli.
“Biz cheksiz shukronalik bilan
Dostları ilə paylaş: