* Metafizika – sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo’lmagan obyektlarni
(sifat, mazmun, mohiyat, hodisa) tadqiq etuvchi fan.
* Mualliuis – soniy – ikkinchi muallim. Farobiy shu nom bilan ulug’langan.
(birinchi muallim Aristotel hisoblangan).
* Falsafa – hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini o’rganuvchi
fan.
* Shayx ur – rais – donishmandlar sardori.
Uyga vazifa: O’quvchilarning har biriga alohida – alohida markaziy Osiyoda
yashab ijod etgan, bugungi kunda xalqimizning faxri va g’ururiga aylanhan har bir
allomalar hayotiga oid referatlar yozib kelishi va uni himoya qilish topshiriladi.
Shundan so’ng faol, darsga qatnashgan barcha o’quvchilar bilimiga yarasha
baholanadi va darsga yakun yasaladi.
Bunday darsda, ya’ni yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan
noan’anaviy usullardan foydalanib dars o’tish jarayonida Markaziy Osiyo va
Yevropa davlatlarining madaniy Uyg’onish davrini qiyosiy tahlil qilish
o’quvchilarda
“o’z xalqi va boshqa millat vakillarining tarixi va madaniyatiga
qiziqish, hurmat qilish ko’nikmasini rivojlantirish, o’z mamlakati va butun
insoniyatning madaniy merosini saqlash va ko’paytirishga intilish hissini
kuchaytirishdan iboratdir”
9
. Bundan tashqari “O’zbekiston tarixi” va “Jahon
tarixi” ni birgalikda o’rganish Respublikamizning xorijiy mamlakatlar bilan
iqtisodiy va madaniy aloqalarining yaxshilanishiga yordam beradi. Bu sohada
ishlayotgan xodimlar ishini osonlashtirish, xorijliklar tarixini bilish, ular bilan
muloqotning oson ko’chishiga ko’maklashadi. “Jahon tarixi” fani materiallaridan
qiyosiy tahlil jarayonida foydalanish yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlar:
o’zligini
Dostları ilə paylaş: