2. Nima uchun IX – XII asrlarda yurtimizda ilm – fan yuksak taraqqiy etdi?
3. “Ikkinchi muallim” Farobiy ijodi haqida nimalarni bilasiz?
4. Ibn Sinonig jahon fanida tutgan o’rniga baho bering.
5. Beruniy va Zamaxshariy ijodini taqqoslang.
6. Al – Marg’inoniyning “Hidoya” asari haqida nimalar bilasiz?
7. Makaziy Osiyoda va Yevropa davlatlaridagi Uyg’onish
davri madaniyati
rivoj topgan davrni taqqoslang.
8. Markaziy Osiyoda Yevropa davlatlariga nisbatan Uyg’onish davri ilgariroq
boshlanganligining asosiy omillari nimalardan iborat?
9. Markaziy Osiyo allomalari va Yevropa madaniyati namoyandalarining ijodi
va faoliyatini taqqoslang.
10. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodagi allomalarning jahon sivilizatsiyasiga
qo’shgan bebaho xazinasiga baho bering.
11. Yevropa madaniyati namoyandalarining jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan
hissasiga baho bering.
Yuqoridagi muammo va savollarga har bir o’quvchi va har bir guruh o’z fikr –
mulohazalarini
bildirib, bahs – munozara olib boradi. Bunda har bir o’quvchi
(guruh) o’z fikrini izohlab, muammoni yechish yo’llarini ilmiy asosda ifodalab
berishga intiladi. Bu esa o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, dunoqarashini
kengayishiga, ko’proq
manbalar, qiziqarli ma’lumotlar olish uchun intilishga,
tarixga bo’lgan qiziqishlarini ortib borishiga olib keladi.
Ushbu muammoni yechishda yuqoridagi barcha shartlar bajarilgandan keyin
taklif va mulohazalar jamlanib muammoning yechimi
aniqlanadi va yakuniy
xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: