Aqliy hujum biror muammoni yechishda guruh
qatnashchilari tomonidan
bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga
kelinadigan eng samarali usuldir. U to’g’ri va ijobiy qo’llanganda shaxsni erkin,
ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi. Bu usul orqali
shaxs psixologiyasini
rivojlantirish mumkin.
“Aqliy hujum” usuli prinsipi juda soda:
Bir guruh ishtirokchilarni to’plab, ular oldiga biror muammoli vazifa qo’yiladi
va qatnashchilardan mazkur muammoli vaziyatni yechish bo’yicha o’z
yechimlarini (fikr, mulohaza) bildirishlari so’raladi.
Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilardan
g’oyasini, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas.
“Aqliy hujum” usulini qo’llashda asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan g’oya va fikrlar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday g’oya va fikrlar, ular hatto bo’lmag’ur bo’lsa ham
hisobga olinadi.
3. Qancha ko’p g’oya va fikrlar bo’lsa shuncha yaxshi.
4. Bildirilgan g’oya va fikrlarni to’ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
5. G’oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Konferensiya darslari.
Interfaol darslar orasida konferensiya darslari muhim o’rin tutadi.
Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirishda,
qo’shimcha va mahalliy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va
malakalarini oshirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
O’qituvchi konferensiya darsini o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va
vazifalarini
belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy – ommabop
adabiyotlarni ko’zdan kechiradi.
Mazkur darsni o’tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga
tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etadi. E’lon qilingan didaktik o’yinli
darsda “Olimlar” rolini tanlash,
mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza
tayyorlash o’quvchilarning ixtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davomida
o’qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirish va muloqot madaniyati,
o’quvchilarning darsga qizg’in ishtiroki muhim omil sanaladi.
Ilmiy konferensiya
darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
1.
O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi,
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “Olimlar”
bilan
tanishtiradi.
2.
Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. “Olimlar” mavzu yuzasidan
tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon
etadilar.
3.
Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar”
va sinfdagi boshqa
o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs – munozara o’tkaziladi.
4.
Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
5.
O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar
rag’batlantirilib, baholanadi.
6.
Uyga vazifa berish.
7.
Darsni umumiy yakunlash.
Dostları ilə paylaş: