Mazkur darsni o’tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga
tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etadi. E’lon qilingan didaktik o’yinli
darsda “Olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza
tayyorlash o’quvchilarning ixtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davomida
o’qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirish va muloqot madaniyati,
o’quvchilarning darsga qizg’in ishtiroki muhim omil sanaladi. Ilmiy konferensiya
darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
1.
O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi,
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “Olimlar” bilan
tanishtiradi.
2.
Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. “Olimlar” mavzu yuzasidan
tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon
etadilar.
3.
Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa
o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs – munozara o’tkaziladi.
4.
Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
5.
O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar
rag’batlantirilib, baholanadi.
6.
Uyga vazifa berish.
7.
Darsni umumiy yakunlash.
Dostları ilə paylaş: