K I R I SH.
Markaziy Osiyo, jumladan Movarounnahrning qulay jug’rofiy sharoiti,
tabiati, iqlimi mintaqada odamlarning uzoq o’tmishda bu yerlarda o’troqlashib,
chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganligini, tabiiy sharoitdan kelib
chiqib yerlarni sug’orish usuli bilan hosil olganligini ko’rsatadi. Bu esa mintaqada
madaniyatning
ancha erta, bir necha ming yillar avval shakllanishi
ta’minlanganligidan dalolat beradi. Uning yorqin isboti so’nggi o’n yilliklarda
arxeologlar tomonidan ochilayotgan shahar vayronalari,
moddiy madaniyat
qoldiqlari va ibtidoiy bo’lsa – da, san’at asarlaridir.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek,
“Mustaqillikka erishganimizdan keyin
xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlarini, tarixini bilishga, o’zligini
anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod –
ajdodi kimligini,nasl – nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar,
xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”
1
. Biz ham ushbu uslubiy
qo’llanmani tayyorlashda Movarounnahr va Xurosonda Uyg’onish davri
madaniyati tarixini o’quvchilarga o’rgatish orqali ularni o’z Vatanimiz tarixiga,
uning
yuksak madaniayti tarixiga, milliy qadrayatlariga bo’lgan qiziqishlarini
orttirish maqsadida bir qancha manbalarga murojaat qilishga harakat qildik.
Zero, biron – bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va
axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamdamustahkamlamay turib, o’z
istiqbolini
tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib bo’lib xizmat
qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston
xalqi avloddan – avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda
o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan. Markaziy Osiyo tarixida
siyosiy aql – idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy
bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan.
Shunday
1
I. A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelakak yo’q. T. “Sharq”. 1998. 3 – bet.
arboblardan Uyg’onosh davri madaniyati rivojiga o’z hissasini qo’shgan juda ko’p
buyuk shaxslar borki, ularning ilmiy faoliyati va salohiyati haqida ushbu
qo’llanmada fikr yuritiladi.
VIII – XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda katta va muhim o’zgarishlar
ro’y berdi. Movarounnahr va Xuroson arablar tomonidan to’lig’cha bosib olinib,
arab xalifaligi – imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Yerli xalq arab mustamlakachiligiga qarshi to’xtovsiz
kurash olib bordi va
asta – sekin IX – X asrlarga kelib bu yerda mustaqil davlatlar vujudga kela
boshladi. Mustaqil davlatchilik sohasida o’zaro urushlar davomida Somoniylar,
Qoraxoniylar, Ma’muniylar, G’aznaviylar, Xorazmshohlar birin – ketin
hukmronlik qilib, tarix sahnasiga kelib – ketdilar. Lekin
shunga qaramay bu davr
madaniyati, ma’naviy hayotida juda katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdiki, ular
nafaqat Movarounnahr, balki butun musulmon Sharqi tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Shuningdek, bizga ma’lumki, G’arb adabiyotlarida Yevropa mamlakatlarida
keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV – XVII asrlarni Renessans –
Uyg’onish davri nomi bilan yuritadilar. Biroq ko’pchilik mualliflar Sharqda
shunday jarayon bo’lganligidan ko’z yumadilar. Holbuki, IX – XII asrlarda
Markaziy Osiyoda Yevropadan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz
berganligini hech kim inkor eta olmaydi.
“U Yevropadagidek yangi siyosiy –
Dostları ilə paylaş: