va o’qituvchi o’rtasidagi aloqa va teskari aloqa vositalari
va metodlari bilan sirtqi
ta’limdan keskin farq qiladi.
Masofadan o’qitish kompyuter texnikasi yoki telekommunikatsiya vositalari
orqali amalga oshiriladi. Bunda ta’lim muassasasi va o’quvchi
orasida
kompyuterlararo aloqaning yoki telekommunikatsion
aloqaning mavjudligi katta
rol o’ynaydi. Bu ikkala texnik vositaning mushtarak holatda ishlatilishi masofadan
o’qitishning sifatini yanada oshiradi. Kompyuterlar
va telekommunikatsiya
vositalarining qo’llanilishi adabiyotlarda
kompyuterli
telekommunikatsion
texnologiyalar deb atashadi.
Masofadan o’qitishning muvaffaqiyatli tarzda
amalga oshirilishi uchun
quyidagilar ta’minlanishi shart:
*** o’quv ma’lumotlarini o’quvchilarga o’z vaqtida yetkazish;
*** o’qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi;
*** masofadan turib jamoa bo’lib ishlash imkoniyatining mavjudligi;
Bugungi kunda masofadan o’qitishning quyidagi 3 ta turi keng tarqalmoqda.
1. Interaktiv televideniyega asoslangan masofadan o’qitish;
2. Kompyuterli telekommunikatsiya (mahalliy va global)
tarmoqlariga
asoslangan masofadan o’qitish;
3. Multimediya ma’lumotlaridan kompyuterli telekommunikatsion
interaktiv
tarmoqlarga asoslangan masofadan o’qitish.
Masofadan o’qitishning samaradorligi uni tashkil etuvchi 4 ta belgining sifatiga
bog’liq.
a). O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi jarayonlarning samadorligiga;
b). Bunda foydalanilayotgan pedagogik texnologiyalarga;
d). O’quv mahsulotlarining sifati va ularni o’quvchilarga
yetkazish
vositalariga.
s). Teskari aloqaning samaradorligiga.
Dostları ilə paylaş: