“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
“Tayanch signallar”. 
“Tayanch signallar” orqali dars o’tish usuli o’quvchilarni mustaqil fikrlashga 
o’rgatibgina qolmay psixologik jihatdan dars o’tishning “oltin qoida”si hissiyot – 
diqqat – iroda – idrok – xotira – tafakkur qatorining yaxshi ishlahga olib keladi. 
“Tayanch signal” usulini o’tkazish qoidalari: 
1. O’quvchilar mustaqil ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak. 


2. qatnashchilar bemalol o’tiradigan qilib joylashtiriladi. Daftar, ruchka, 
flomaster, qog’oz bo’lishi va ta’minlanishi shart. 
3. Guruhlar bo’lib ishlash uchun qulay sharoit bo’lishi kerak. 
4. G’oyalar va fikrlar taqdirlanadi. 
5. Anglashilmovchilik savollar oldin o’quvchilardan so’rab olinadi so’ngra 
o’qituvchi xulosa qiladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan noan’anaviy dars usullari orqali dars o’tish 
o’quvchilarda tarix faniga qiziqishni, vatanparvarlikni, mehnatsevarlikni, milliy 
madaniyatimiz, ma’naviyatimizga nisbatan hurmat tuyg’ularini oshiradi. Ushbu 
rejamizga binoan yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tiladigan 
noan’anaviy dars usullari orqali Markaziy Osiyo va Yevropa davlatlarida 
Uyg’onish davri madaniyatining qiyosiy tahlili masalasini pedagogik – 
malakaviy amaliyot jarayonida olgan bilim va tajribalarimiz asosida ko’rsatib 
berishga harakat qilamiz. Buning uchun avvalo “Aqliy hujum” usulida 
o’tiladigan bir soatlik dars ishlanmasini ishlab chiqamiz. 
Fan: O’zbekiston tarixi. 
Sinf: 7 – sinf. 
Darsning mavzusi: Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi 
davr (IX – XIII asrlar). 
Darsning maqsadi:
a). Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga nazariy bilimlar berish. “Ilk 
Uyg’onish” tushunchasi haqida umumiy ma’lumot berish. Markaziy Osiyo va 
Yevropa davlatlari Uyg’onish davri madaniyatini qiyosiy tahlillash. 
b). Tarbiyaviy maqsad: Aqliy, tarixiy, madaniy – estetik tarbiya berish 
asosida o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, buyuk allomalarimiz 
qoldirgan madaniy, ma’naviy merosga, ularning hayoti va faoliyatiga nisbatan 
hurmat ruhida tarbiyalash. 
s). Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakasini 
hamda fikrlash doirasini kengaytirish. 


d). O’quvchilar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish.
e). Kasbga yo’naltirish: O’quvchilarni kelajakda buyuk matematiklar
astronomlar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslar, shoir va 
yozuvchilik kasblariga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin