“Umumiy tarix” kafedrasi Katta o’qituvchilar


Kishilik taraqqiyotiga o’zining ochmas ulushini qoshib, mamlakatimiz



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix10.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#110493
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
 
Kishilik taraqqiyotiga o’zining ochmas ulushini qoshib, mamlakatimiz 
shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul – abad muhrlangan 
Muhammad al – Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, 
Imom al – Buxoriy, Imom at – Termiziy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navpiy 
singari ulug’ siymolarni yetishtirgan millat har qancha g’ururlansa arziydi
11
. 
Bir haqiqatni o’quvchi yoshlarga tarix darslari jarayonida singdirish lozimki, 
11
I. A. Karimov. Ahmad al – Frag’oniy haykalining ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqi. “Xalq 
so’zi”. 1998. 24 oktabr. 


o’zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk 
iste’dodlarning parvarish topgani bejiz emas. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday 
o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan 
jarayonlar, kashfiyotlar o’z – o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun, avvalo asriy 
an’analar, tegishli shart – sharoit, tafakkur maktabi, madaniy – ma’naviy muhit 
mavjud bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl – nasabida ezgulik va 
ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim. Biz xuddi mana 
shunday ajdodlarning vorislarimiz. Ular bizga qoldirgan madaniy va ma’naviy 
merosni asrab – avaylash, uni kelajak avlodlarga yetkazish muqaddas 
burchimizdir.
Bularni yosh avlodga ta’lim jarayonida yetkazish esa har bir zamonaviy 
pedagogning vazifasidir. Shu bois, bitiruv malakaviy ishimizni yozish jarayonida 
shu narsani his etdikki, ta’lim muassasalarida tarix o’qitishning samaradorligini 
oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy darslardan foydalanish 
sanaladi. Mana shu jihatlarni hisobga olgan holda ushbi bitiruv malakaviy 
ishimizda tarixiy ta’lim – tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish 
masalalari yuzasidan fikr yuritdik.
Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqqan holda, tarix ta’limida quyidagi 
noan’anaviy dars usullarini qo’llash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
“Masofali ta’lim”, “Aqliy hujum”, “Noma’lum shaharga sayohat”, “Fan 
ajoyibotlari”, “Internet”, “Tarixiy shaharlar tilga kirganda”, “Oltin uchlik”, 
“Sinovga tayyormisan?”, “Zinama – zina”, “Zakovat”, “Zanjir” va hokazo. Bunday 
usullarda dars o’tish o’quvchilarni mustaqil ishlash, o’zi yashab turgan hudud 
tarixi, madaniyatini o’rganish va tarix faniga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Biz 
muammoli darslardan “Tayanch signallari” usulida dars o’tish haqida fikr yuritib, 
bunday darslarni ko’proq yuqori sinflarda qo’llash orinli degan xulosaga keldik. 
Chunki, yuqori sinf o’quvchilarning fikrlash doirasi, bilim saviyasi, iqtidori ancha 
yuqori bo’ladi. Quyi sinflarda olgan bilimlaridan o’z o’rnida foydalana oladilar. 
Xullas, hozirda yoshlarda mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha 
tarixiy – madaniy boyliklarning asosiy tomonlarini o’rganish, milliy 


madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni 
yaratgan yirik siymolar, donishmand adiblarning merosini o’zlashtirish, boshqa 
rivojlangan mamlakatlar madaniyati yutuqlarini o’rganish, ularga hurmat – izzatda 
bo’lishni, bu masalalar bo’yicha keng ta’lim, o’quv – o’qituv ishlarini olib borishni 
talab etadi. Bu mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy – madaniy boyliklarini 
yaxshi bilgan, milliy g’urur, vatanparvarlik hissi bilan yo’g’rilgan, dunyo madaniy 
rivojlanish darajasidan xabardor bo’lib yetishuvida yetakchi omil bo’lib xizmat 
qiladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin