ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqida aytib o’tgan. Butun umrini
iymon va e’tiqod, vatanparvarlik va insonparvarlik, poklik va halollik, ilm va
ma’rifat, adolat va diyonat yo’lida fido etgan zotlarning mo’tabar xoklari makon
topgan zamingina muqaddasdir. Agar shunday insonlar bo’lmasa, ular dahosining
nafasi sezilib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo’lib qolaveradi. Madaniy
rivojlanishda milliy ma’naviy boylikni boshqa xalqlar, mamlakatlar madaniyati
yutuqlaridan bahramand bo’lish, madaniy aloqalarni kuchaytirish, milliy qobig’da
o’ralib, umumiy xalqaro aloqalar tuzilmasidan chetda ajralib qolmaslik, milliy
madaniyatning umumjahon madaniyat yutuqlari bilan doimo boyib borishida
nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Bu ayniqsa, hozirda jahon mamlakatlarining umumiylik, hamjihatlikka
intilishi ortib borayotgan bir sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda, hozirda yoshlarda mustaqillik
ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy – madaniy boyliklarning asosiy
tomonlarini o’rganish, milliy madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot
qonuniyatlari, ma’naviy boyliklarni yaratgan yirik siymolar, donishmand
adiblarning merosini o’zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati
yutuqlarini o’rganish, ularga hirmat – izzatda bo’lishni, bu masalalar bo’yicha
keng ta’lim, o’quv – o’qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu mustaqillik
sharoitida yosh avlodni milliy – madaniy boyliklarini yaxshi bilgan, milliy g’urur,
vatanparvarlik hissi bilan yo’g’rilgan, dunyo madaniy rivojlanish darajasidan
xabardor bo’lib, yetishuvida yetakchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: