I. Gieniyasimonlar ajdodi - Hyeniopsida; II. Ponabargsimonlar ajdodi - Sphenophylopsida; III. Qirqboʻgʻimsimonlar ajdodi – Equisetopsida. I. Gieniyasimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari toʻligʻicha yoʻqolib ketgan,
devon davrida yashagan (415-370 mln. yil ilgari), boʻyi 70-90 sm ga yetadigan buta
oʻsimliklar boʻlgan. Ajdod ikkita oilaga boʻlinadi:
1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae.
2. Kalamofitondoshlar – Calamophytaceae.
Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu
oʻsimlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali
dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa
ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular
egilgan holatda boʻladi (18-rasm, A).
18-rasm. Gieniya - Hyenia (A) va Kalamafiton – Calamophyton (B).
Kalamofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu
oʻsimlik ham Gieniyaga oʻxshash, undan farqi, tanasi aniq boʻgʻimlarga
boʻlinmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi.
Sporangiyalari faqat ikkitadan boʻlib joylashgan (18-rasm, B).
II. Ponabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod oʻsimliklari ham Paleozoy
erasining Devon davridan to Mezozoy erasining trias davrigacha (380-240 mln yil
ilgari) yashagan, hozirda qirilib yoʻqolib ketgan oʻsimliklardir. Ponabarglilar
ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim
turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu oʻsimlikni poyasi uzun,
ingichka (nozik), boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlarga boʻlingan. Boʻgʻimlarida
ponasimon barglar xalqasimon boʻlib joylashgan. Poyasi ingichka boʻlganligidan
boshqa daraxt oʻsimliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud.
Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida koʻpaygan
(19-rasm, A). Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan.
19-rasm. Ponabarg – Sphenophyllum (A) va Kalamit – Calamites (B).