5-Mavzu: Qirqboʻgʻimtoifa (Equisetophyta) oʻsimliklar boʻlimi.
Reja:
1. Qirqboʻgʻimlar klassifikatsiyasi.
2. Qirqboʻgʻinsimonlar sinfi. Asosiy vakillari.
3. Koʻpayishi va tabiatda tarqalishi.
Tayanch soʻz va iboralar: Qirqboʻgʻimlilar morfologiyasi va koʻpayishi.
Dala qirqboʻgʻimining
tuzilishi, yashash sharoiti, koʻpayishi
va ahamiyati haqida
tushuncha.
Ayrim adabiyotlarda bu boʻlim boʻgʻimlilar deb yuritilgan. Bunga sabab
yuksak oʻsimliklar
orasida bular tnasining, yaʻni sporachi poyasining boʻgʻim va
boʻgʻim oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarining xalqasimon
joylashganligidir. Qirqboʻgʻimlarning koʻpchilik turlari bizgacha yetib kelmagan.
Hozirgi turlari yer ositida gorizontal va vertikal oʻsuvchi ildizpoya hosil qiladi.
Barglari juda kichik, ular yon novdalari (telom)ning oʻzgarishidan kelib chiqqan.
Qirqboʻgʻim koʻp yillik oʻt oʻsimliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari esa
bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5
gacha
yetgan.
Koʻpchilik qirqboʻgʻimlar teng sporali oʻsimliklar
hisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil
sporalilar boʻlgan. Qirqboʻgʻimtoifa oʻsimliklar
devon
davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqqan va toshkoʻmir
davrida yaxshi taraqqiy etgan. Trias davriga kelib ayniqsa,
daraxtsimon vakillari qirila boshlagan.
Bu boʻlim vakillari poyasining tartibli boʻgʻim va boʻgʻim oraligʻiga
boʻlinishi bilan boshqa yuksak sporali oʻsimliklardan farq qiladi.
Ularning
boʻgʻimlarida mayda barglar xalqasimon yoki mutovkasimon boʻlib joylashgan.
Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovkasimon joylashib,
ular ham oʻz navbatida boʻgʻimlarga boʻlingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali
boʻlib, bu serqirralilik ichki tomonga ham taʻsir kiladi.
Yana bir xarakterli
belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan
voz kechgan. Ular faqat spora hosil
qilish bilan chegaralanadi, bu jihatdan
plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi (17-rasm). Shuning uchun ham bularni
sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi.
Boʻlim turlari Paleozoy erasining Toshkoʻmir
davrida keng tarqalgan va
rivojlangan. Ularning balandligi 15-20 metrgacha va eni 0,5 m gacha yetgan. Ularni
daraxt, buta shakldagilari yoʻqolib ketib, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas,
faqat keyinroq paydo boʻlgan, koʻp yillik oʻt oʻsimliklargina bizgacha yetib kelgan.
Qirqboʻgʻimlarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi maʻlum. Ular dunyoning
Avstraliya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari barcha yerlarda uchraydi. Oʻrta
Osiyoda 6 turi uchraydi.
Qirqboʻgʻimlar kelib chiqishiga koʻra Riniofitlarga borib taqaladi.
Chunki
ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (mikrofiliya). Evolyusion nuqtayi nazardan
bu boʻlim ham tupik hisoblanadi.
Bu boʻlim 3 ajdodga boʻlinadi: