5-Mavzu: Qirqboʻgʻimtoifa (Equisetophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja



Yüklə 428,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix10.05.2023
ölçüsü428,53 Kb.
#110677
1   2   3
5-Mavzu

III. Qirqboʻgʻimsimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari poyasining rosmana 
boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlariga boʻlinganligi bilan xarakterlanadi. Bu ajdod ikkita 
qabilaga boʻlinadi: 
1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitales.
2. Qirqboʻgʻimnamolar qabilasi – Eqvisetales. 
1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub oʻsimliklar hozirgi davrida yoʻqolib 
ketgan, Paleozoy erasining Devon, toshkoʻmir davrlarida yashagan oʻsimliklar 
hisoblanadi. Bularning boʻyi 30-40 metrga yetadigan daraxtlar boʻlgan. Shoxlari 
yirik va mayda boʻlib, mayda shoxlarida, barglar xalqasimon boʻlib joylashgan (19-
rasm, B). Poyasida kambiy maʻlum darajada rivojlangan.
2. Qirqboʻgʻimnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan koʻp yillik oʻt 
oʻsimliklar kiradi. Bu qabila bitta oila - qirqboʻgʻimdoshlar (Eqvisetaceae), bitta 
turkum qirqboʻgʻim (Eqvisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Bu turkum 
vakillari Yer sharida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ikkita turi oʻsadi. Qirqboʻgʻim 
sporafitining yer ostidagi ildizpoyasida, ildizi va tuganaklari joylashgan. 
Ildizpoyalari 2 xil: gorizontal va vertikal tipda boʻladi. Gorizontal ildizpoyasi kuchli 
taraqqiy etgan, boʻgʻam oraliqlarining uzunligi 25 sm gacha boradi. Yer ostida 0,5 
m dan 2 m gacha chuqurlikda joylashgan. Tik (vertikal) ildizpoyasi esa ancha 
ingichka, boʻgʻim oraligʻining uzunligi ham 10 sm dan oshmaydi. Vertikal ildizpoya 
gorizontal ildizpoyadan taraqqiy etadi. Ildiz hosil qiluvchi kurtaklarining taraqqiy 
etishi tufayli yangi ildizlar hosil boʻladi. Vertikal va gorizontal ildizpoyalarning 
ayrim yon kurtaklaridan tugunaklar hosil boʻladi. Bu tugunaklar kelib chiqishi 
jihatdan qisqargan va yoʻgʻonlashgan novda boʻlib, oʻzida koʻp miqdorda oziqa 
modda, yaʻni kraxmal toʻplaydi, hamda vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi.
Qirqboʻgʻim turkumining vakillari yer usti poyasining morfologiyasiga koʻra 
ikkita guruhga boʻlinadi. Birinchi guruh turlarining poyalari bir xil tuzilishga ega. 
Ularda spora boshoqlari poyasining uchida, ayrimlarida yon novdalarining uchlarida
hosil boʻladi. Bu guruhga Oʻzbekistonda keng tarqalgan shoxlangan qirqboʻgʻim E. 
ramo-issimum kiradi. 


Ikkinchi guruhga kiruvchi qirqboʻgʻim turlarining yer usti poyasi ikki xil
boʻladi. Birinchisi qoʻngʻir yoki yashil rangli, spora hosil qiladi, ikkinchisi yashil 
rangli, vegetativ poya deb ataladi. Oʻzbekiston sharoitida oʻsuvchi dala 
qirqboʻgʻimida (E. arvense) spora hosil qiluvchi poya erta bahorda oʻsib chiqib, 
spora hosil qilgandan soʻng quriydi. U xlorofillsiz qoʻngʻip rangli va 
shoxlanmaganligi, yaʻni bitta bosh poyadan iborat ekanligi bilan farq qiladi. 
Vegetativ poyasi esa yoz oyida taraqqiy etib, yashil rangli va sershoxli boʻlishi bilan 
ajralib turadi (20-rasm). Quyida Oʻzbekiston sharoitida oʻsuvchi dala qirqboʻgʻimi 
(E.arvense) bilan tanishamiz.
Bu oʻsimlik bizning sharoitimizda choʻl mintaqasidan to togʻgacha boʻlgan 
yerlarda, buloq, ariq, koʻl va daryo boʻylarida oʻsadi. Boʻyi 20-35 (100 sm). Dala 
qirqboʻgʻimi 2 xil novda hosil qiladi. Bahorgi (generativ) novda–qoʻngʻir rangda va 
yozgi–oʻsuvchi (vegetativ) novda-yashil rangda boʻladi. Bahorgi novdadagi barglar 
reduksiyaga uchragan. Novdaning uchki qismida spora hosil qiluvchi boshoqlar 
hosil boʻladi. Boshoqlar sporofillardan tashkil topgan.
Sporofillar 3 qismdan iborat: 
a) olti qirrali qalqon, b) oyoqcha, v) 8-10 ta sporangiy. 
Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng boʻlgan elaterali sporalar hosil boʻladi. 
Sporalar 3 qavatdan tuzilgan: a) ichki (intina), b) oʻrta (ekzina), v) tashqi (perina).
Sporalar yetilib tashqariga sochilishdan oldin, tashqi perina qavatdan qoshiqsimon 
ipcha-oʻsimta (elatera) oʻsib chiqadi. Uning vazifasi sporalarni sochilib turishiga 
yordam beradi. Sporasi tashqi morfologiyasi boʻyicha bir xil boʻlsa ham, ichki 
fiziologiyasi va bioximiyoviy tarkibi jihatdan har-xil. Shu sababdan yangi 
rivojlangan gametofit ayrim jinsli boʻladi.
Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoit 
(suvli muhit) da oʻsib gametofitni hosil qiladi. 
Gametofitlari yashil plastinka shaklida, ayrim 
jinsli. Anteridiyda yetilgan spermatozoidlar suv 
yordamida harakatlanib, arxegoniydagi ypgʻochi 
tuxum hujayrani urugʻlantiradi. Uruglangan 


tuxum hujayradan hosil boʻlgan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqboʻgʻimning 
sporafitiga aylanadi (21-rasm). 
21-rasm. Dala qirqboʻgʻimi sporofiti (A) ning umumiy koʻrinishi: B-boshoqchasi; V-sporofil; G-
spora va uning oʻnishi; D-gametofit; Ye-anteridiy; J-arxegoniy; Z-tuxum hujayra; I-
spermatozoidlar; K-zigota; L-oʻsimta.
3. Ahamiyati: Dala qirqboʻgʻimi dorivor oʻsimlik sifatida xalq tabobatida 
koʻp ishlatiladi. Uning poyasi tarkibida ekvizetonin, saponin, nikot alkaloidlar
kislotalar, smola, oshlovchi va boshqa moddalar bor. 
Xalq tabobatida qirqboʻgʻim damlamasi qon toʻxtatuvchi, dori sifatida, 
oʻpka sili, buyrak, yurak kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashkari yer 
ustki qismi idishlarni tozalashda ham ishlatiladi. Chunki uning poyasi har-xil 
zarracha va qumlarni oʻziga singdirib olishi hususiyatiga ega.   

Yüklə 428,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin