5-Mavzu: Qirqboʻgʻimtoifa (Equisetophyta) oʻsimliklar boʻlimi. Reja



Yüklə 428,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü428,53 Kb.
#110677
1   2   3
5-Mavzu

I. Gieniyasimonlar ajdodi - Hyeniopsida; 
II. Ponabargsimonlar ajdodi - Sphenophylopsida; 
III. Qirqboʻgʻimsimonlar ajdodi – Equisetopsida. 
I. Gieniyasimonlar ajdodi. Bu ajdod vakillari toʻligʻicha yoʻqolib ketgan, 
devon davrida yashagan (415-370 mln. yil ilgari), boʻyi 70-90 sm ga yetadigan buta 
oʻsimliklar boʻlgan. Ajdod ikkita oilaga boʻlinadi:
1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae. 
2. Kalamofitondoshlar – Calamophytaceae.
Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu 
oʻsimlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali 
dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari xalqasimon, pastdagilari esa 
ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular 
egilgan holatda boʻladi (18-rasm, A). 


18-rasm. Gieniya - Hyenia (A) va Kalamafiton – Calamophyton (B). 
 Kalamofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu 
oʻsimlik ham Gieniyaga oʻxshash, undan farqi, tanasi aniq boʻgʻimlarga 
boʻlinmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. 
Sporangiyalari faqat ikkitadan boʻlib joylashgan (18-rasm, B).
II. Ponabargsimonlar ajdodi. Bu ajdod oʻsimliklari ham Paleozoy 
erasining Devon davridan to Mezozoy erasining trias davrigacha (380-240 mln yil 
ilgari) yashagan, hozirda qirilib yoʻqolib ketgan oʻsimliklardir. Ponabarglilar 
ajdodining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim 
turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu oʻsimlikni poyasi uzun
ingichka (nozik), boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlarga boʻlingan. Boʻgʻimlarida 
ponasimon barglar xalqasimon boʻlib joylashgan. Poyasi ingichka boʻlganligidan 
boshqa daraxt oʻsimliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy xalqasi mavjud. 
Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida koʻpaygan 
(19-rasm, A). Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan.


19-rasm. Ponabarg – Sphenophyllum (A) va Kalamit – Calamites (B). 

Yüklə 428,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin