1.3. Maktab yoshidagi bolalarda nutq kamchiliklarini aniqlash va bartaraf
etish usullari
Mamlakatimizda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, Maxsus ta‘limtarbiya muassasalari
xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o`qishga psixologik jihatdan
tayyorlash, ya‘ni boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli o`qish, boshlang‘ich maktabning
dasturni to`la o`zlashtirib olish uchun zarur bo`lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko`nikma va
malakalari tarkib toptirish vazifasini qo`yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og‘zaki
nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so`z boyligini
aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to`g‘ri talaffuz etishga
o`rgatadi, og‘zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib
berish) va dialogga (so`zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so`zlarni grammatik
jihatdan to`g‘ri o`zlashtirish va to`g‘ri tuzishga o`rgatadi. Bolalar bog‘chasida ham,
maktabda ham olib boriladigan tillar ta‘lim standartlari, dasturida ko`rsatilgan bilim va
malakalarni hosil qilish, shaxsning ba‘zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga
qaratilgan.
Maxsus ta‘lim muassasasi ta‘lim tizimining eng muhim sohasi bo`lib barkamol
avlod asosan ana shu bo`g‘inda shakllanadi. Shunga ko`ra Maxsus ta‘limta‘lim
yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog‘lanishli nutqni
rivojlantirish ham ta‘limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo`lib hisoblanadi.
Maxsus ta‘limta‘lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim
tadqiqotlar olib borilgani xolda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu
muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan Maxsus ta‘limtarbiya yoshidagi
bolalarda tevarak-atrofni o`rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga
egadir.
Maxsus ta‘lim muassasadida bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli
nutqini rivojlantirish eng zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, fikr va jonli so`z, ona
tilining hissiy estetik ma‘no qirralarini anglab olish, uning go`zalligi, sofligi, boyligini
his etish orqali amalga oshiriladi.
Bizga ma‘lumki, juda ko`p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr
paytida bir bola eshak minib gurux bolalari yonidan o`tib qoladi.
Boshqa bir bola tuzatadi: poezdga chiqiladi, samolyotda uchiladi. Bolalar sayr
paytida baland binolar oldidan o`tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda
ishlatiladigan g‘isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik
kasbi -ganchkorlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi; binolarning balandligi, go`zalligi va
hokazolar hakida jumlalar tuzadilar,
Gulzorlar, borlarga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poezdpar, gullar,
favvoralar hak,ida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi,
tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o`xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib
boriladi.
"Nima shirin?", "nima uchadi?", "tushirib qoldirilgan so`zlarni toping", "men
boshlayman, siz davom ettiring" kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni
to`g‘ri tuzishga yo`llaydi.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini
rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko`pincha s-z, p-f, t-d, p-b. u-u, x-x„ k-r tovushlarini
to`g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojaxon -
Shoxjaxon, Yustam - Rustam, qaga - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo`l qo`yadigan
xatoliklarning oldini olish, ya‘ni to`g‘ri talaffuz etishga yo`llash, ovoz balandligiga,
tovush sur‘atiga e‘tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba‘zi bolalar
o`zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko`tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga
e‘tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me‘yorda so`zlab, muomala qilishga o`rgatish
zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha
muxrlanib qoladi.
Samimiy muomala me‘yori, hatto muomalada ko`z qarashlari, boshqalar oldida
o`zini tuta bilish -muomala madaniyatining oddiy talablaridir.
So`zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda
eng muhim talablardan sanaladi. So`zlashuv nutqi bolaning lugat boyligiga boglik,
bo`ladi.
Bunda bola o`ziga murojaat kilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish,
savollarga to`g‘ri javob bera olish bilan birga, so`zlashuv madaniyatini egallay borishi
ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko`proq yo`naltiruvchi savollar
beriladi.
Masalan, tabiatga sayohat paytida:
- Hozir yilning qaysi fasli?
- Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar yuz beradi?
- Bahorda qanday qushlar uchib keladi?
kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam
beradi.
Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda monologik nutq; (hikoya qilib
berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab o`tilgan
bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo`ladi.
Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning
asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog‘lanishli nutq bolalar tafakkurini va unga bog‘liq
bo‘lgan zehnni o‘tkirlash, zukkolik kabi hislatlarni ham tarkib toptiradi.
Bolalarda hikoya qilish ko`nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi
bilan ham ahamiyatlidir.
Maxsus ta‘limbolalarga muayyan mavzular bo`yicha ertaklar. rasmlar asosida
hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi mumkin. Bundaytopshiriq ustida ishlash orqali
ularda mustakillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. "Bizning oila", "Bahor fasli", "yoz -
ugar soz", "qaldirg‘ochlar uchib keldi", "qo`g‘irchoq teatrida", "qish", "kor",
"qorboboning sovg‘asi", "qushlar bizning do`stimiz", "Mening to`tilarim", "Hayvonot
bogida", "Ertaklar mamlakatida", "Sirkda", "qo`g‘irchoqlarim -ovunchoqlarim", "Uch
ayiq", "quyonlar", "qovoqpolvon" va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish
bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.
Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to`g‘ri tuzish, tovushlarni,
qo`shimchalarni to`g‘ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to`g‘ri
foydalana olishiga yordam berib boriladi.
Kattalarning mehnat jarayonini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga,
dars, cho`l, dalalarga sayohatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning
bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi.
"Maxsus ta‘lim dasturi"ga binoan muayyan mavzular bo`yicha mustaqil jumlalar
tuzish, ona tiliga xos tovush, so`zlarni to`g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta‘sirchanligiga
erishish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik xajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib
berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish talab etiladi. Lekin, kuzatishlar bu
talablarning to`liq bajarilmayotganini ko`rsatadi. Vaxolangki, bolalarning bog‘lanishli
nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir.
Maxsus ta‘limtarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyotning eng
yorqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar,
maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo`shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta‘minlab
qo`ya qolmaydi, balki so`z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan
bahramand qiladi.
Maxsus ta‘limdasturi"da badiiy adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya
etilgan ro`yxatdan mashg‘ulotlar o`tkazishda keng foydalaniladi.
Dasturda qo`shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo`lib, bular asosiy
adabiyotlar vositasida o`tiladigan mavzularni to`ldirishga va mashg‘ulotlarni yanada
boyitishga yordam beradi. Bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ularni
savodxonlikka o`rgatish bilan davom ettiriladi. Bu jarayon eshitganini anglab olishga
ko`nikma hosil qilish, o`z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan to`g‘ri
ifodalay olish bilan bog‘liq bo`ladi.
Demak yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, bolalarning bog‘lanishli nutqini
rivojlantirishda ularni o`rab olgan tevarak-atrof, mehnat jarayoni, badiiy adabiyot asosiy
manba bo`lib hisoblanadi.
Shuningdek, Ona-Vatan haqidagi tushunchalar, buyuk siymolar, an‘anaviy bayramlar,
o`zbek xalkining urf-odatlari, marosimlari, mashhur sarkardalar haqidagi hikoyalar,
rivoyatlar, xalq amaliy san‘ati namunalari, transport va aloqa vositalari, kundalik
buyumlar ham bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida
ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush
madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot
namunalaridan foydalanish hamda savod o`rgatishga tayyorgarlik kabilarni kiritish
mumkin. Bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda
umumiy masalalar bilan bir qatorda, ikkinchi darajali masalalarni ham ajratib olish va
shu asosda uning asosiy yo`nalishlari hamda o`ziga xos xususiyatlarini ishlab chikish
ilm-fan oldidagi dolzarb masalalardandir. Shuning uchun ham Maxsus ta‘limyoshdagi
bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli nutqini rivojlantirish mazmuni va
tashkiliy-metodik
xususiyatlarini
belgilab
olish
eng
muhim
vazifalardan
hisoblanadiDastur talablarini to`laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o`qituvchilar o`z
tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har
tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani
tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi.
Logopedik tekshirishlar ta‘lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va
bunda bola har tomonlama tekshirib ko`riladi. Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib
boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o`quv yilining
boshida tarbiyachi yoki o`qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida
kuzatib borishidan iborat bo`ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog‘cha gruppasi
yoki sinfda she‘r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga
qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyasiyasi, nutq
sur‘ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar
aniqlanadi. Shundan so`ng nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar alohida ro`yxatga olinadi,
gruppaning nutq kartasi tuziladi.
Nutqida kamchiligi bo`lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to`ldiriladi.
Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug‘uruqqacha, tug‘uruq
vaqtidagi va tug‘uruqdan keyingi davri to`g‘risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi
zarur ma‘lumotlarni bilish zarur.
Maxsus tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez
ma‘lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o`tkazadi. Ota-onalar bilan
suhbatda logoped oilada bo`lib utgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga
bog‘liq holda bolalarning umumiy nutq tarakkiyotining o`ziga xos tomonlarini
aniqlaydi.
Ko‘p xollarda bolaning tug‘uruqqacha, tug‘uruq vaqti va tug‘uruqdan keyingi
davrlardagi rivojlanishining o`ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib
asosida olib boriladi:
a) tug‘uruqqacha bo`lgan davr.
Ona bilan suhbatda logoped ba‘zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola
tug‘ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari,
nutqiy patalogiya bo`lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa
kasalliklarga uchraganmi?
Shuningdek, bolaning tug‘uruqqacha bo`lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy
jihatlar aniqlanadi?
- onaning bola tug‘ilayotgan vaqtdagi yoshi;
-
onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan
kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari,
angina, anemiya);
- homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida
lat eyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo`lganmi?;
- homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo`qmi?;
- homioadorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o`tganmi yoki qandaydir
radioaktiv nurlanish bo`lganmi va boshqalar.
Homilddorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni
bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta‘sirini aniqlashda yordam beradi.
b) tug‘uruq davri.
Har bir logoped ona bilan suhbatda tug‘uruq o`tishining tavsifi va o`ziga xos
xususiyatlarini aniqlaydi: tug‘uruqning boshlanishi vaqti - o`z vaqtida, homiladorlikning
8 - oyida, 7 - oyida suvning barvaqt ketishi bo`lganmi, tug‘uruqning uzoq davom etishi,
qisqichlarning qo`llanishi, vakuum-ekstraktorning qo`llanishi, tug‘uruq faoliyatining
muvofiq ta‘minlovchi dorilar qo`llash, homilani qo`l bilan yoki kessar operasiyani
qo`llab ajratib olish.
Bu suhbatda bolaning tug‘ilgan paytidagi holati aniqlanishi zarur: darrov
yig‘laganmi yoki yo`qmi, ko`k, oq asfiksiya, og‘irligi (1500 kg dan ko`p yoki kam),
bo`yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug‘uruq shishi, boshqa jaroxatlanishlar
bo`lganmi?;
v) tug‘uruqdan keyingi davr.
Bolaning tug‘ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi
ma‘lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi:
- bolani onaga tug‘ilgandan keyin necha soat o`tgach olib kelingan, bola
ko`krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);
- bola uyg‘oq vaqtida o`zini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, baqirok, yig‘loq
va boshqalar;
- hayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: ko`k yo`tal, dispepsiya,
dizentriya kasalliklari bilan og‘riganmi?
Shuningdek, bolada qandaydir tug‘ma kasalliklar bor yoki yo`qligi aniqlanadi -
yurak porogi, maymoqlik va bosh jaroxatlanishi bo`lganmi?
Bolaning ichki nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o`zaro bog‘liqligini
e‘tiborga olish kerakligini ta‘kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan tushuntiriladiki, nutqni
eshitishning buzilishi nutq artikulyasiyalari va tashqi nutqning ikkilamchi buzilishiga
olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok
qilish va nutq mazmunini tushunish kabi jarayonlarga ta‘sir qiladi.
Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida L.S.Vigotskiy ham yozgan edi.
Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali bo`yicha reaksiyani bajarishdan ko`ra
ko`prok va boshqacharoq narsadir.
Dostları ilə paylaş: |