Periferik nutq apparati 9 tik, jag‘, tish, tanglay0 dagi buzilishlardan so‘ng
mexanik dislaliya paydo bo‘ladi. Til tagidagi yuganchaning
kaltaligi uning harakatini
qiyinlashtiradi..bu mexanik dislaliya kelib chiqishining birinchi sababidir. Jag‘
tuzilishidagi kamchiliklar, masalan, yuqori jag‘ oldinga chiqqan bo‘lib, pastki old
tishlari yuqori tishlar bilan birlashmasligi, yoki pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘lishi va
yuqori hamda pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qolishi singari
holatlar mexanik dislaliyani keltirib chiqaradi.
Shuningdek, tish qatorlarining qing‘ir-qiyshiqligi va tanglayning noto‘g‘ri
tuzilishi ham talaffuz qilishga
halal beradi yoki past, yassi bo‘lganida ham bola
tovushlarni aniq-tiniq talaffuz etolmasligi mumkin.
Funksional dislaliyaning keng tarqalishi sabablaridan yana biri oilada bola nutqi
noto‘g‘ri shakllanganligidir. Ko‘pchilik xonadonlarda kattalar kichik farzandlari bilan
,,bola tili‖da so‘zlashadi. Erkalab-suyib, chuchuk tilde
bola bilan gaplashish yoqimli,
lekin bu odat kelajakda bolakay nutqiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi ham ehtimoldan holi
emas. Bir ota o‘g‘ilchasini ,,shoko o‘g‘lim, shiyingina yashshi o‘g‘lim‖ deya erkalaydi
va bu odat tusiga kiradi. Qarabsizki, bola ulg‘ayganida ham otasiga taqlid qilib
shokoladni,,shoko‖. ,,shirin‖ so‘zini ,,shiyin‖. Yaxshi demoqchi bo‘lsa nuqul ,,yashshi‖
deyaveradi.
Bundan
tashqari, ayrim bolalar nutqidagi ksmchiliklarga, ularning tovushlarni
buzib talaffuz qilishiga kattlar e‘tibor bermaydilar, o‘z vaqtida to‘g‘irlanmagan bunday
xatolar bolada nutq nusoni rivojlanishiga olib keladi. Masalan, bola ,,tarvuz‖ so‘zini
,,tavuz‖, ,,qor‖ so‘zini ,,qo‖, ,,randa ― so‘zini ,,anda‖ deb talaffuz qiladi. Yo bo‘lmasa
tovushlarni almashtirib qo‘llaydi, masalan, ..kitob‖ni ,,titob‖, ,,gul‖ ni ,,dul‖, ,,soat‖ni
,,toat‖ deydi.
Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa
funksional xususiyatga ega bo`ladi. Buzilishlar odatda bola nutqining rivojlanishi
jarayonida; periferik apparatning jaroxatlanish xollarida esa u xar qanday yoshda paydo
bo`lishi mumkin. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon qilishning
fonasion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo`g‘inlarining
bir paytning
o`zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga rinolaliya va dizartriya kiradi. 6.
Dostları ilə paylaş: