Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish
Logoped bolaga so`z qoidalarini va taqlid bo`yicha quyidagi vazifalarni bajarishni
taklif qiladi:
- vazifa bo`yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash;
- yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo`yicha to`xtash;
- bir oyoqda, so`ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish;
- logopedga koptokni otish va uni ilib olish;
- polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab
chiqish;
- bayroqchalarni ushlagan holda qo`lni quyidagi buyruqlarga amal qilib
harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga;
- cho`kkalab o`tirgan holda polda koptokni u ko`ldan bu ko`lga yumalatish,
so`ngra koptokni ko`tarib, o`rindan turish;
- yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish;
- lentani tugun qilib, so`ng « bantik» qilib bog‘lash va boshqalar.
Bola motorikasini tekshirish natijasida logoped quyidagi ma‘lumotlarni oladi:
oyoq, qo`llar muvofiqligi (to`g‘ri, noto`g‘ri, umuman yo`q); tana muvozanatini sezish,
bolaning o`z gavdasini to`tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to`liq, noto`liq); bir
harakatdan ikkinchi harakatga o`tishi (o`z vaqtida, sekinlashgan, yo`q harakatlarni
bajarish mustaqilligi (tuliu yoki logoped yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari
me‘yorda, samimiy va yuz naylarining giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya‘ni asosiy
harakatlar bilan birga bajariladigan qo`shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan.
Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo`yicha
umumlashtiramiz.
Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish
Buning uchun bolalarga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:
- syujetli rasmlar asosida gap tuzish;
- narsalarga oid rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan ko`plikdagi
otlarni hosil qilish (koptok-koptoklar, kalam-kalamlar, kitob-kitoblar va hokazo);
- otlardan kichraytirish - erkalash shakllarini hosil qilish. Masalan: uy-uycha,
stol-stolcha;
- otlardan sifat yasash.
Bunda asosiy diqqat bolalarning kay tarzda gap tuzishiga qaratiladi. Bolaga rasmlar
yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilish, oddiy va murakkab mazmunli matnlarni
so`zlab berish taklif etiladi. Bunda so`zlarni bog‘lab, matn mazmunini kay darajada
so`zlab berishi va undagi kamchiliklar hisobga olib boriladi. Bolaning nutq faolligi
darajasi, monologik suhbatga oid nutqdan foydalanish imkoniyatlari belgilanadi.Bundan
tashqari, bolaning nutqiy muomalada tashabbuskorligi, she‘r, ashula bilishi kabilar ham
hisobga olib boriladi.
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining e‘tibor
talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish jarayonida
bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki kerak bo`lganda
bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati, uning Qiziqishi,
muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni qanday qabul qilishi va
uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g‘rilash kobiliyatini hisobga olish
lozim.
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik darajasini
pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi.
Ish jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik
bilan tekshirish ruhiy-terapevtiv ta‘sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari
bir xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g‘ri tashkil
etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon beradi
va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g‘ri tanlashda katta ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: |