Ishning tarkibiy tuzilishi:
Ish kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa, ilova va
foydalanilgan adabiyotlar
ro`yxatidan iborat.
I-BOB.BOLALARDA UCHRAYDIGAN NUTQ KAMCHILIKLARI VA
ULARNI BARTARF ETISHOMILLARI
1.1 KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILAR NUTQINI
O’STIRISHYO’LLARI VA VAZIFALARI
Nutq va uni o’stirish tushunchasi
Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z
birikmasi, gap) asosida
tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa
va xabar, o‘z fikrini his-hayajon bilan
ifodalash va boshqalarga ta‘sir etish vazifasini bajaradi.
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining
muhim vositalaridan biri
sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim olish
qurolidir.
Nutq o‘stirish nima? Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati,
sintaktik qurilishini,
bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa,
nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilarning tilning talaffuzi, lug‘ati,
sintaktik qurilishi va
bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash
tushuniladi
1
. SHuning uchun ham grammatika va imlo dasturi tovushlar va harflar, so‘z,
gap, bog‘lanishli nutq kabi qismlarni o‘z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo‘limlari
Dostları ilə paylaş: