Nutq o‘stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya‘ni
material yig‘ish, uni muhokama qilish, to‘ldirish,
asosiy mazmunni ajratish, zaruriy
izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.
2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O‘quvchilar nutqi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi, fikr
izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o‘rinlar tushirib qoldirilmasligi va o‘rinsiz takrorga,
mavzuga taalluqli bo‘lmagan ortiqchalikka yo‘l qo‘yilmasligi talab etiladi.
Nutqning
mantiqiyligi narsa, voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi,
mantiqiy xato
esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o‘ylamasdan
noqulay tanlash
natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir.
Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.
3. Nutq aniq bo’lsin. O‘quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos
ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng
yaxshi til vositalaridan
(so‘z, so‘z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga
o‘rgansin.
4.Nutq
til
vositalariga
Dostları ilə paylaş: