Microsoft Word Economic theory lecture 12


-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri



Yüklə 240,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix11.05.2023
ölçüsü240,19 Kb.
#111625
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Economic theory - lecture 12

12.3-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri. 
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. 
Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. 
U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni 
xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy 
o‘lchamlarini aniqlaydi. 
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari, kam ta’minlangan oilalarga 
yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo‘lgan davlatlarda aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik ro‘li ham mehnat munosabatlariga sezilarli 
darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va 
tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish 
vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning 
o‘zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi. 
 
12.4. Davlatning ish haqi siyosati. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi Farmonining 4.1.-bandida, aholi bandligi va real daromadlarini oshirish asosida: 
- aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar 
sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
- byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar 
hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish vazifalari qo’yilgan. 
Ish haqini tartibga solishda davlatning ro‘li. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turish 
asosan lokal hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Ish haqini bevosita markazlashtirilgan 
tartibda belgilash faqat davlat boshqaruvi va byudjet tarmoqlari xodimlari uchun qo‘llaniladi. 
Davlat quyidagi to‘rtta yo‘nalishda ish haqi masalalariga ta’sir ko‘rsatadi: 
- eng kam ish haqini o‘rnatish; 
- ish haqi strukutrasini belgilash; 
- mehnat haqining ma’lum shakllarini joriy etish; 
- ish haqini indeksatsiya qilish. 
Respublikamizda jinsi, millati, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, shuningdek xodimlarning 
ishchanlik qobiliyatlariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab, mehnatga haq to‘lashda 


kamsitish amalda mavjud emasligini Hukumat, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari erishgan 
katta yutuqlardan biri, deb baholash mumkin. 
Eng kam ish haqi kafolatlari. 
Ish haqi miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omil - umumdavlat miqyosida 
o‘rnatiladigan eng kam ish haqi miqdoridir.
Ko‘plab mamlakatlarda (masalan AQSH, Fransiya, Ispaniya, Kanada, Belgiya, 
Portugaliya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil) eng kam ish haqi davlat tomonidan (odatda 
eng kam soatbay ish haqi ko‘rinishdi) belgilab qo‘yiladi. Ayni paytda qator boshqa 
mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Norvegiya, Daniya, Irlandiya) 
umumdavlat miqyosida ish haqi minimumi o‘rnatilmaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 
28 ta davlatdan 21 tasida eng kam ish haqi davlat tomonidan belgilab qo‘yiladi (12.1-jadval). 

Yüklə 240,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin