Qayta so„rilish. Teskari osmos – bu erituvchining (suvning) eritmadan
yarim o‗tkazuvchi membrana orqali tashqi bosim ta‘sirida o‗tishi jarayonidir. Bu
holda tuzli eritmaning ortiqcha ishchi bosimi osmotik bosimdan biroz yuqori
bo‗ladi. Teskari osmosning harakatlantiruvchi kuchi bosimlar farqidir. Suvni
teskari osmos usulida olish uchun osmotik bosimdan yuqori bo‗lgan ortiqcha
bosimni hosil qilish, molekulalarni yarim o‗tkazuvchan membrana orqali to‗g‗ri
osmosga qarama-qarshi yo‗nalishda yuqori minerallashtirilgan suvdan toza suv
otseki tomon uning hajmini oshirgan holda diffuziyalanishga majburlash lozim.
Teskari osmotik membrana barcha eruvchan tuzlar, molekulyar massasi 100 dan
yuqori bo‗lgan anorganik molekulalar, organik molekulalar, shuningdek
mikroorganizmlar va pirogen moddalar uchun to‗siq kabi ta‘sir qiladi. O‗rtacha
hisobda, teskari osmos bosqichidan keyin erigan moddalar miqdori 1-9 foizgacha
pasayadi, organik moddalar miqdori – 5 foizgacha pasayadi, kolloid zarrachalar,
235
mikroorganizmlar, pirogenlar esa bo‗lmaydi. Teskari osmos yo‗li bilan olinadigan
suvda umumiy organik uglerod miqdori minimal bo‗ladi. Teskari osmos
afzalliklaridan boshlang‗ich suvning oddiyligi va tuz miqdoriga bog‗liq emasligini,
energetik xarajatlarning kamligini hamda servis va texnik xizmat ko‗rsatish uchun
xarajatlar nisbatan baland emasligini qayd etish joiz. Tizimni yuvish,
dezinfeksiyalash va tozalash ancha oson, kuchli kimyoviy reagentlardan
foydalanishni va zarur bo‗lganda ularni neytrallashni talab qilmaydi. Osmotik
jarayonni amalga oshirishda membranani tanlash muayyan muammo tug‗diradi. U
suvni tayyorlash, ish sharoitlari va tavsiflari, sanatsiya shartlari, xavfsizlik
shartlariga, tizimga uzatiladigan suvga qo‗yiladigan talablarga mos kelishi kerak.
Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmatsevtik maqsadlar uchun suv
olish tizimlarida foydalaniladi: regeneratsiya uchun zarur kislota va ishqor sarfini
kamaytirish uchun ion almashinuvi qurilmalari oldiga; tozalangan suvni tayyorlash
uchun; in‘eksiyalar uchun suv tayyorlash uchun distillyasiyadan oldingi tayyorlov
bosqichi sifatida;in‘eksiyalar uchun suvni tayyorlash uchun yakuniy bosqich
sifatida (ikki bosqichli osmos).
Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi. Farmatsevtik maqsadlarda suvni
tayyorlash uchun so‗nggi yillarda ikki bosqichli teskari osmos tizimidan
foydalaniladi. Dastlab suv teskari osmosning birinchi bosqichiga kelib tushadi.
Bunda hosil bo‗ladigan konsentrat chiqarib tashlanadi. Filtrat (permeat) teskari
osmosning ikkinchi bosqichiga uzatiladi va yana tozalanadi. Teskari osmosning
ikkinchi bosqichida konsentratda teskari osmatik qurilmadagi suvga qaraganda
tuzlar kam bo‗lgani bois, uni uzatiladigan suv bilan aralashtirish va shunday tarzda
tizimga qaytarish mumkin. Teskari osmosdan suvni tozalashning dastlabki
bosqichi sifatida foydalanilganda bir bosqichli qurilmadan foydalanish mumkin.
Tuz miqdori va suvda xloridlar miqdori yuqori bo‗lganda mazkur qurilma
olinadigan suvning Farmakopeyada belgilangan sifatini ta‘minlay olmaydi.
Ushbu usulning o‗z kamchiliklari mavjud. Teskari osmos suvdan
hamma qo‗shimchalarni bartaraf eta olmaydi hamda molekulyar og‗irligi juda
kichik bo‗lgan erigan organik moddalarni yo‗qotish qobiliyati ham juda past. Ion
236
almashinuvi
tizimlariga
qaraganda
teskari
osmos
solishtirma
elektr
o‗tkazuvchanlikni ancha pasaytirish imkonini bermaydi, bunga, xususan, suvda
uglerod gazi miqdorining yuqoriligi to‗sqinlik qiladi. Uglerod dioksidi odatda
teskari osmotik membranalardan bemalol o‗tib ketadi va dastlabki suvdagi
miqdorda permeatga tushadi. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun teskari osmotik modul
oldidan anion almashinuvchi smolalardan yoki dekarbonizatordan foydalanish
tavsiya etiladi. Membranalar materiali etarlicha nozik bo‗ladi, uning butunligi ham
buzilgan bo‗lishi mumkin, buning oqibatida butun teskari osmotik qurilmaning ishi
izdan chiqadi. Shuning uchun membranalarning tegishli materiallarini to‗g‗ri
tanlash muhim ahamiyatga ega. Erkin xlor ta‘siriga dosh bera olmaydigan
membranalardan foydalanganda ko‗mir filtrni o‗rnatish yoki tarkibida natriy sulfit
bo‗lgan birikmalarni dozalash maqbul echim bo‗ladi.
Teskari osmotik membranalar yuqori haroratlar ta‘siriga bardoshli emas.
Shuning uchun suvni qurilmaga berishdan oldin sovutish kerak.
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash.Tozalangan suvni saqlash va
taqsimlash tizimini loyihalashtirishda asosiy vazifa – suvning quvur bo‗yicha
doimiy
harakatini
ta‘minlash,
suvning
turib
qolishi
va
u
erda
mikroorganizmlarning ko‗payishi, yuzalarda biologik plenkalar hosil bo‗lishini
oldini olishdir. Zamonaviy saqlash va taqsimlash tizimlari bir yo‗nalishli harakat
oqimiga ega retsirkulyasion tizimni va suvning quvurdan to‗liq chiqarib tashlanishi
mumkinligini nazarda tutadi. Tozalangan suvni saqlash va taqsimlashdagi kritik
parametrlar: harorat; suv harakati va uning tezligi; bosim; quvurlar materiallari va
saqlash uchun sig‗imlar. Tozalangan suvni GMP Qoidalariga muvofiq taqsimlash
va saqlash mikroorganizmlarning ko‗payishiga to‗sqinlik qiladigan haroratda – 80
gradusdan yuqori yoki 15 gradusdan past haroratda ta‘minlashi darkor. Sovuq
tizimdan
foydalanuvchi
tizimlar
suvda
mikroorganizmlarning
miqdorini
kamaytirish uchun UF-qurilmalar bilan jihozlangan bo‗lishi kerak.
In‟eksiyalar uchun suvni distillash va tayyorlash usullari.
In‘eksiyalar uchun suvga talablar.
237
Evropa Farmokopiyasiga ko‗ra, dissillyasiya - in‘eksiyalar uchun suvni
tayyorlashning majburiy sharti; AQSh farmakopiyasi va FS (Rossiya)
dissillyasiyaga ham, teskari osmosga ham yo‗l qo‗yadi. 2011 yilda PIC/S kengashi
evropaning pozitsiyasini tasdiqladi: in‘eksiyalar uchun suv dissillyasiya usulida
tayyorlanishi lozim.
Hozirgi paytda (teskari osmos uchun) dissillyasiya orqali ta‘minlanadigan
in‘eksiyalar uchun suv tayyorlashning ishonchlilik darajasiga erishilmagan.
Teskari osmosga yo‗l qo‗yish mumkinligini tan olish uchun ham etarlicha asoslar
yo‗q.
Nima uchun teskari osmos dissillyasiyaga yon bosadi? Birinchidan, teskari
osmos, odatda, haroratga ta‘sirchan bo‗lgan sovuq jarayon. Sovuq jarayon
mikroblar bilan ifloslanish nuqtai nazaridan doim issiq jarayondan afzal
ko‗rilmaydi. Ikkinchidan, teskari osmos qurilmalari validatsiyasi muayyan
qiyinchiliklarga
bog‗liq. Shuni hisobga olish kerakki, teskari osmos
dissilliyasiyaga qaraganda muayyan afzallikka ega. Teskari osmos qurilmalari
membranalari pirogenlarni ushlab qolar ekan, apirogen suvni tayyorlash imkonini
beradi. SHuning uchun dissillyatorlar oldida bevosita teskari osmos qurilmalari
qo‗yiladi. Pirogenlarni issiq usulda yo‗q qilish uchun 170 gradusgacha isitish
kerak, bunga quruq issiq sterilizatorlarda erishiladi. Distillyasiya pastroq
haroratlarda olib boriladi. Toksinlar faqat bakteriyalar devorining butunligi
buzilganda ajraladi. Aksariyat hollarda ular termik barqaror bo‗lib, qonga yoki
orqa miya suyuqligiga tushganda juda zaharli bo‗ladi va tirik organizmlarda
haroratning ko‗tarilishiga, og‗ir hollarda – hattoki o‗limga olib kelishi mumkin.
―Pirogen‖ so‗zi ―rugo‖ – olov, issiqlikni anglatadi.
Distillyasiya. Distillyasiya jarayonlarining uch turi mavjud: bir hujayrali,
termokompression, ko‗p koloniyali.
Bir hujayrali dissillyasiyadan anchadan beri va keng foydalaniladi. Uning
jiddiy kamchiligi ko‗p energiya iste‘mol qilishidir. Suvni 15
0
dan 100
0
gacha
isitish uchun 85 kkal/kg yoki 356 kDj/kg sarflanadi. 100
0
da suvni bug‗ga
aylantirish uchun 39kkal/kg yoki 2258 kDj/kg talab etiladi. Shunday qilib, suvni
238
bug‗latish uchun uni 100
0
da isitishga qaraganda olti marta ko‗p energiya talab
etiladi.
Rezervuarlarni loyihalashtirish. In‘eksiyalar uchun suvni saqlash uchun
rezervuar bosim ostidagi idish sifatida loyihalashtiriladi. Ushbu talab to‗liq
vakuumni ham ta‘minlashi lozim (ventilyasion filtr tiqilib qolganda yoki
ventilyasion klapan yopiq bo‗lganda). Tizimni 134
0
da bug‗ bilan ishlash uchun
rezervuar 3 bar ga teng bosimga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Rezervuar yuzasi
quvurlarga qo‗yiladigan talablarga mos holda ishlanadi. Vertikal va gorizontal
rezervuarlardan foydalanilishi mumkin, ular o‗z kamchiliklari va afzalliklariga ega.
Dostları ilə paylaş: |