239
XII BOB. BOLALAR VA O‘SMIRLAR GIGIYENASI
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi- bu o‗sib
kelayotgan avlodlarning
salomatligi va mustaxkamligi haqidagi fandir.
Fanning asosiy maqsadi - bolalar va o‗smirlarning salomatligini va jismoniy
rivojlanishini ta‘minlovchi kompleks sog‗lomlashtirish tadbirlarini shu bilan birga
bolalarni o‗qitish hamda tarbiyalashdagi zarur sanitariya-gigiyenik sharoitlarni
ishlab chiqish va uni ilmiy jihatdan asoslashdan iboratdir.
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasini boshqa gigiyenalardan farqi shundaki, bu
fan barcha ishlab chiqadigan me‘yor va sog‗lomlashtirish chora-tadbirlari o‗sishi
va shakllanishi
tugallanmagan organizm uchun, o‗suvchi organizmning
morfologik, funksional va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi.
Bu me‘yorlash quyidagi prinsip asosida bo‗lishi kerak:
1. Har bir tashqi muhit ta‘siriga nisbatan yo‗l qo‗yiladigan me‘yor o‗suvchi
organizmning yoshiga mos va unga xizmat qilishi kerak.
2. Birinchi prinsipni hisobga olgan holda, bolalar va o‗smirlar gigienasida
me‘yorlar
doimiy emas, shuning uchun ham har xil omillarda me‘yorlar
almashinishi bir vaqtda sodir bo‗lmasligi kerak.
3. Gigiyenik me‘yorlashning asosiy vazifasi nafaqat bolalar va o‗smirlar
salomatligini saqlash va mustahkamlash, balki ularni me‘yorda o‗sishi va
rivojlanishini ta‘minlashdir.
Bolalar va o„smirlar gigiyenasi quyidagi bo„limlardan tashkil topgan:
1. Bolalar va o„smirlar salomatligi va jismoniy rivojlanish. Bu bo‗lim bolalar
va o‗smirlar organizmining biologik va ijtimoiy omillariga bog‗liq bo‗lgan o‗sish
va
rivojlanishining
umumiy
qonuniyatlarini
belgilash,turmushning
turli
sharoitlarining bolalar salomatligiga,shu jumladan jismoniy rivojlanishga bo‗lgan
ta‘sirini o‗rganish bilan shug‗ullanadi.
2. Bolalar va o„smirlar faoliyati -bu bo‗lim bolalar va o‗smirlar faoliyatini
yuqori darajada bo‗lishini ta‘minlash uchun qattiq toliqishni oldini olish,barcha
yoshdagi bolalar uchun kun tartibini to‗g‗ri tuzib chiqish bilan bog‗liq
240
muammolarni o‗rganish,jismoniy tarbiyani bolalar salomatligiga ta‘sirini
o‗rganishdan, sport turlari bilan bog‗liq bo‗lgan
jarohatlanish va
shikastlanishnilarning oldini olishda vrach nazoratini o‗rnatishdan iboratdir.
3. Tashqi muhit gigiyenasi-bu bo‗limning vazifasi har xil bolalar va o‗smirlar
muassasalarini loyihasini ishlab chiqish, muassasalaridagi havo almashinuvi,
yorug‗lik va issiqlik bilan etarli miqdorda ta‘minlashlash, bolalar o‗yinchoqlarini,
o‗quv qurollarini va boshqalarni sanitariya nazoratidan o‗tkazishdan iboratdir.
4. Bolalar va o„smirlarning ovqatlanish gigiyenasi - bu bo‗lim o‗sayotgan
organizmning me‘yorda o‗sishida va salomatligida ovqatlarni rolini va har xil
sharoitda, har xil yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish tartibini ishlab chiqadi.
5. Bolalar va o„smirlarga tibbiy xizmatni ko„rsatish bo„limi - bu bo‗limlarni
asosiy vazifasi bolalar va o‗smirlarga tibbiy sanitariya xizmatini tashkil qilish,
sog‗lomlashtirish tadbirlarini va epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni ishlab
chiqadi va aholini gigiyenik tarbiyalaydi.
Demak, bolalar va o‗smirlar organizmi bu to‗xtovsiz o‗sib rivojlanib turuvchi
organizm hisoblanadi. Shunday ekan bolalar va o‗smirlar salomatligini o‗ylaganda,
biz nafaqat qandaydir bir kasallik bo‗lmasligi, balki bolalarni me‘yorda garmonik
va yoshiga yarasha rivojlanishi tushunishimiz kerak. Shuning uchun bolalar va
o‗smirlar salomatligini yaxshilash va mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni
amalga oshirilayotganda bola organizmida bo‗layotgan
biologik jarayonlarni
hisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: