244
pastki burchagi bilan quloqning yuqori burchagidan o‗tgan chiziq bir gorizontal
tekislikda yotsin. Bo‗y o‗lchagichning siljuvchi
taxtasi shu turgan holatda
boshning eng yuqori sagital chizig‗igacha suriladi. O‗lchash aniqligi 0,5 sanitimetr.
Ikki yoshgacha bo‗lgan bolalar tana uzunligini o‗lchashga moslashtirilgan bo‗y
o‗lchagich 100 - 120 santimetrli yog‗och doskadan iborat bo‗lib, ikkita
planshyotkaga ega. Ulardan biri (siljimaydigan) bola kallasini ushlab turishi uchun
xizmat qiladi, ikkinchisi bola oyoqlariga keltiriladi. O‗lchash vaqti bola elkalari
bo‗y o‗lchagich doskasiga to‗g‗irlanadi, oyoqlari ko‗zning
tashqi burchagi va
quloqning yuqori burchagi bir vertikal chiziqda joylashtiriladi. Doska yonida
shtrixlangan lineykasi bor. Yog‗och bo‗y o‗lchagich bilan o‗tirgan vaqt turgan
holatda tana uzunligi o‗lchanadi.
Yangi tug‗ilgan bolaning bo‗yi 50 sm ga teng.
1-kvartalning har oyida 3 sm dan jami 9 sm,
2-kvartalning har oyida 2,5 sm –7,5 sm
3-kvartalning har oyida 1,5 sm –4,5 sm
4-kvartalning har oyida 1 sm –3 sm qo‗shiladi.
Bir yoshli bolaning bo‗yi 75 sm bo‗ladi.
Bir yoshdan 4 yoshgacha bolaning bo‗yi o‗rtacha yiliga 8 sm ortadi.
Ko„krak qafasining aylanasini aniqlash. Olinadigan ma‘lumotlar
jismoniy
rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichlar tananing
hajmi, ko‗krak va elka mushaklari xamda ko‗krak qafasidagi a‘zolar faoliyatini
ifodalaydi.
Ko‗krak qafasining
aylanasi deyarli tinch holatda, chuqur havo olganda
hamda chuqur havo chiqarganda o‗lchanadi. Orqa tomondan quyilgan metrli tasma
tagida kurak burchaklari bilinib turishi, old tomondan esa ko‗krak qafasining o‗rta
qismida bo‗lishi kerak. O‗lchash uchun qo‗llar tushiriladi,
bunda tasma orqa
tomondan kurak tagiga surilib tushadi. Tasmani shunday o‗rnatish kerakki, u osilib
turmasligi, nafas olish va chiqarishga halaqit bermasligi zarur. To‗g‗ri o‗lchash
uchun bolaning bir tekisda nafas olishi kutiladi, so‗ng chuqur nafas olganda,
chiqarganda, tinch holatda alohida-alohida har biridan 3-4 marta o‗lchab, o‗rtacha
245
arifmetik ko‗rsatkich aniqlanadi. Chuqur nafas chiqarilgandagi ko‗rsatkichning
farqi ko‗krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi.
Ko‗krak qafasining tinch holdagi ko‗rsatkichi chuqur nafas chiqargandagiga
nisbatan 1-2 sm ko‗p, chuqur nafas olgandagi ko‗rsatkichga
nisbatan esa deyarli
shuncha kamdir. Shunga ko‗ra to‗g‗ri ma‘lumot olish mumkin.
Yangi tug‗ilgan bolaning ko‗krak aylanasi esa 33-34 sm ga teng. 6 oylik
bolaning ko‗krak aylanasi 45 sm ga teng bo‗ladi. agar bola 6 oylikdan kichik
bo‗lsa, har etishmagan oyiga ko‗krak aylanasidan 2
sm chiqarib tashlanadi, agar
bola 6 oylikdan katta bo‗lsa ko‗krak aylanasiga 0.5 sm dan 1 yoshgacha qo‗shiladi.
1 yoshli bolaning ko‗krak aylanasi 48 sm ga teng, 10 yoshgacha har yiliga 1,5 sm
dan qo‗shiladi va 63 sm ga teng bo‗ladi, 10 yoshdan 15 yoshgacha yiliga 3 sm dan
qo‗shilib, 15 yoshda 78 sm ga teng.
Dostları ilə paylaş: