246
silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o‗tkaziladi va eng
katta natija hisobga olinadi. Tekshirish aniqligi 50-100 ml. Mundshtukni har bir
tekshiruvchidan keyin qaynatib dezinfeksiya qilish kerak.
Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‗rsatkich qo‗l mushaklarining
rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‗rsatkichlar qo‗l
dinamometrii yordamida
aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‗la panja
bilan ushlanadi, qo‗l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq
qisiladi, qo‗shimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‗ng
qo‗llarda o‗tkaziladi.
Bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini oyoq
bilan bosib turgan holda ustki qismidan qo‗l bilan tortiladi. Bunda dinamometrning
ushlaydigan qismi tizza balandligida bo‗lishi kerak. Bo‗yga to‗g‗irlash uchun
asbobga mo‗ljallangan zanjirlardan foydalanish mumkin.
Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning
ko‗rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki ―tor‖ suyak, bunday bolalarda
ko‗krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‗ladi, 3-keng yoki
qo‗pol ko‗rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1
va 3-ning o‗rtacha ko‗rinishi darajasida.
Umurtqa pog‗onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‗onasi
oldindan, yondan hamda umurtqa pog‗onasi bo‗ylab vertikal yo‗nalishda barmoq
yordamida o‗tkazilgan
chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi,
elkaning turishi va qo‗lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‗lgan
oraliqda hosil bo‗ladigan uchburchak ko‗rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning
boshlang‗ich davridan boshlab, uning umurtqa pog‗onasida to‗rtta fiziologik
egilma paydo bo‗ladi.
Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik davrida, boshini ko‗tara boshlaganida
umurtqa pog‗onasining bo‗yin qismi
oldinga qarab egilishi tufayli, ikkinchi va
uchinchi bola 6 oylik bo‗lganda o‗tira boshlashi bilan ko‗krak va dumg‗aza
qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo‗ladi.
247
To‗rtinchi egilma bola yura boshlaganda umurtqa pog‗onasi bel qismining
oldinga qarab egilishi tufayli yuzaga keladi. Lekin bola bu davrda ta‘sirotlarga
beriluvchan bo‗ladi. Bu egilmalar balog‗atga etish davriga kelib to‗la shakllanadi.
SHu yoshgacha og‗ir yuk ko‗tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning partada yoki stolda noto‗g‗ri o‗tirish natijasida umurtqa
pog‗onasi yon tomonga egilib qoladi. Bunday holat
skolioz deb ataladi.
Skoliozlar chap yoki o‗ng, ba‘zida esa murakkablashgan chap va o‗ng
hamda o‗ng va chap bo‗lishi mumkin.
Bundan tashqari, bola umurtqa pog‗onasining qayishqoqlik davrida
tepalikdan
qattiq joyga tik yiqilsa-kifoz, ko‗krak qismidagi fiziologik egilmaning
orqag‗a qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi-
lordoz shaklida o‗zgarishi mumkin. Bunday o‗zgarishlar bola o‗sishi va
rivojlanishiga ta‘sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi.
Jismonan etilmagan bolalarda suyak sistemasi noto‗g‗ri rivojlanishi tufayli
qator o‗zgarishlar (elkasi qisilgan yoki bukchaygan, boshi tushgan, ko‗krak yassi,
ichiga kirgan va boshqa holatlarni uchratish mumkin)
Oyoq kafti gumbazining shakllanishi. Bola hayotining birinchi yilidan
boshlab oyoq kafti gumbazi (tovoni) shakllana boradi. Oyoq kafti gumbazining
rivojlanishiga qarab-to‗g‗ri shakllangan, yassilashishga moyil va yassi bo‗ladi.
Tovon shaklini aniqlash uchun tovon qismini kaft qismi bilan bog‗lovchi
oraliqqa va uning kengligiga ahamiyati beriladi. Buning uchun har xil
bo‗yoqlardan foydalanib, uning izini olish mumkin (plantografiya): tekshiriluvchi
oyog‗ini bir yarim xlorli temir birikmasining 1% suvdagi eritmasi bilan namlangan
mato ustiga qo‗yadi so‗ng 0,5%
taninning
spirtdagi
eritmasi bilan namlangan
qog‗oz ustida turadi. Bunda bola butun og‗irligini tekshirilayotgan oyog‗iga solishi
kerak. Olingan shakl quritilib, tegishli belgilar qo‗yilgach, tahlil qilinadi. Shakli
tushgan tovonning kengligi (a), tovoning perpindikuryal kengligiga (a+b) nisbati
foizlar hisobida olinadi. Agar shakli tushgan tovonning kengligi umumiy
kengligining 50% gacha bo‗lsa
to„g„ri rivojlangan, 50-60% yassilanishga
moyil,
60% dan yuqori bo‗lsa,
yassi tovon deyiladi.
248
Oyoq shaklini aniqlash uchun tekshiriluvchi tovonni birlashtirgan holda
to‗g‗ri turishi kerak. Oyoqlar to‗g‗ri rivojlanganida tizza bo‗g‗imida birlashib
turadi. «0» shaklidagi holatda esa tizzalar birlashmaydi. «X» shaklidagi holatida
bir oyoqning tizzasi ikkinchisining ustiga chiqib turadi.
Teri ostidagi yog‗ qatlamining yig‗ilishiga qarab, bolaning to‗laligiga baho
berish mumkin. Yog‗ qatlamining rivojlanganligi suyak sathiga hamda yog‗
qatlami qalinligiga qarab aniqlanadi. Kam miqdorda yog‗ qatlami bo‗lsa (1
darajali), bunda bilak va qovurg‗a suyaklarning qirralar aniq ifodalanadi,
qorin
tortilgan, teri ostidagi yog‗ qatlami juda yupqa, go‗yo teri ostida yog‗ qatlami
yo‗qdek.
Suyaklar sathi silliqlashgan bo‗lasa, teri ostida ozroq yog‗ qatlami borligi
sezilsa, oragnizmda yog‗ning yig‗ilishi o‗rtacha hisoblanadi. Yog‗ miqdori ko‗p
bo‗lganda suyak sathi sezilarli darajada silliqlashgan, tana ko‗rinishi dumaloq,
yog‗ qatlami rivojlangan bo‗ladi.
Teri ostidagi yog‗ qatlamini qo‗l bilan hamda suriluvchi pargar bilan ham
aniqlasa bo‗ladi. Yog‗ qatlamini qorin bo‗shlig‗ining
chekkalaridan kindik
bo‗ylab, ko‗krak bezidan 2-3 sm pastdan hamda ko‗krak tagidan aniqlanadi. Yog‗
qatlamining rivojlanishiga baho berishda bolaning yoshini, jinsini hisobga olish
zarur.
Dostları ilə paylaş: