Soch gigiyenasi
―Soch‖-uning maftunkor go‗zalligidek hech narsa yo‗q.
Ammo uning kabi umri qisqa ham narsa yo‗q‖ .
Hozirgi kunda quyuq va hurpaygan sochsiz odamlar, soch to‗kilishidan,
ayniqsa yoshlar ko‗p hafa bo‗ladilar. Hozirgi kungacha soch to‗kilishiga qarshi
mo‗‗jizali ta‘sir ko‗rsatadigan vosita yaratishni iloji topilgan emas.
260
Sochni holati tashqi sharoit ta‘sirida o‗zgarishi mumkin, yilning fasli havo
harorati, shamolning ta‘siri, quyosh nuri, suv va boshqalar zarurat bo‗lmaganda
ham issiq tor bosh kiyimlarni kiyib yuruvchilarning ko‗pchiligi sochning bevaqt
to‗kilib ketishidan nolinadilar, chunki yilning sovuq kunlarida bosh yalang yurish
zararli.
Tashqi haroratning keskin o‗zgarishi teridagi qon tomirlarini torayishiga va
natijada sochning ovqatlanish jarayoni buzilishiga olib keladi. Bu haqda yosh olifta
satanglar o‗ylab ko‗rsalar yomon bo‗lmasdi.
Oxirgi yillarda turli hildagi soch yuvuvchi vositalar ya‘ni shampunlar keng
tarqaldi, ular quyuq ko‗pik beradi va hattoki qattiq suvda ham sochni yaxshi
tozalaydi. Ammo shampunlar teri va sochni quchli moysizlantiradi; natijada bosh
kepagi (qozog‗oq) sochni qurishi va soch sinuvchan bo‗lib qolishi kuzatiladi.
Buning oldini olish uchun juda bo‗lmaganda boshni bir marta engil shampun bilan
ko‗pirtirib, so‗ngra astoydil suv bilan yuvish (chayqash) zarur.
Sochni uzun va qalin bo‗lishligi organizmni umumiy holatiga bog‗liq.
Sochni yaxshi o‗sishiga organizmga qabul qilingan ― A ‖ vitaminini miqdoriga
bog‗liq. Bundan tashqari magniy tuzlari etarli miqdorda organizmga tushib turishi
sochni me‘yorda o‗sishiga yordam ko‗rsatadi.
Sochni kaltalatish va qirdirish sochni o‗sishni tezlatmaydi, ammo
ovqatlanishni yaxshilaydi. Sochni saqlashning asosiy omili uni o‗z vaqtida
yaxshilab yuvib turish, teri moylarini tozalash va teri bilan chiqqan moddalardan
ozod qilishdir.
Shuning uchun boshni 3- 4 kundan, qaynatilgan harorati 50-65 gradus suvda
yuvish lozim. Bunday haroratdagi suv sochni yaxshi tozalaydi, qon bilan
ta‘minlashni yaxshilaydi va terida modda almashinuvini yaxshilaydi.
Ho‗l sochni tang‗ib bog‗lab yurish mumkin emas. Ho‗l sochni tez-tez yuqori
haroratli quritgichda ( fen ) quritish xam mumkin emas, chunki issiq havo oqimi
sochni juda ham quritib yuboradi. Har kuni boshni 5-7 daqiqa uqalash juda
foydalidir.
261
Yuz gigiyenasi
Yuz chiroyli, tashqi ko‗rinishga ega bo‗lish har qanday odamni ham orzusi
ekanligi tabiydir. Ko‗p hollarda terining holatiga qarab odamning salomatligi
haqida hulosa chiqarish mumkin emas. Masalan: Teri yuzasining va ko‗zning
sklerasi va kon‘yuktivasini sarg‗ayib ketishi, sariq kasallarda, kul rangdagi belgi-
oshqozon-ichak kasalliklarini surunkali shakllarida , yuzda qizil husunbuzarlar
oshqozon shirasi kislotaligini pasayishi kuzatilgan shahslarda uchraydi. Demak,
yuzni tiniq rangini saqlash uchun eng avvalo kasallikning oldini olish va o‗z
vaqtida davolanish zarur. Terining tarang va egiluvchanligini uzoq vaqt saqlab
qolish uchun, toza havoda tez-tez bo‗lib turish kerak, jismoniy tarbiya va
gimnastika bilan shug‗ullanish lozim.
Bizda chet- el sanoatida yuz terisini parvarish qilish uchun turli xildagi
sovun, moy malham, lasionlar ishlab chiqarilgan. Ularning tarkibida vitaminlar,
garmonlar, foydali o‗simliklar ekstrakti fermentlarni tutadilar va teri orqali
shimilib, organizim va hujayralariga foydali ta‘sir ko‗rsatadi.
Yog‗, upa va lasionlar terini har- xil iflosliklardan, ter, changdan tozalovchi,
unga tetiklashtiriladigan va turli ta‘surotlarga chidamliligini oshiradigan moddalar
qo‗shiladi.
Yosh qizlar lab pamadasi, rangli yog‗ upalaridan foydalanishni suis‘temol
qilmasliklari tavsiya etiladi. Kiprik qoshlarini sun‘iy hollarni tashqariy va doimo
bo‗yash ayniqsa yosh qizlarga tavsiya etilmaydi.
Lab pamadasidan haddan tashqari foydalanish lab vena qon tomirlarida
qonni turib qolishiga va rangsizlanib ko‗karib qolishiga olib keladi.
Erkak kishilar uchun tog‗li sharoitda doimiy shamol va sovuqda
yuruvchilarda rangsiz lab pamadasidan qisman foydalanish mumkin.
Oxirgi payitda qizlar va ayollar o‗rtasida zirak yana modaga kirdi. Did bilan
va yoshga binoan tanlangan ziraklar ayollarni tashqi ko‗rinishni ochadi, bayramona
tus va zeboliq, go‗zallik beradi. Ammo bunda uncha ham qisqich bo‗lmagan
qoidaga rioya qilish kerak. Avvalo ziraklar qisqichini tekshirish lozim. Agar
qisqich quloqni qattiq qisib qo‗ysa qon bilan ta‘minlanishi qiyinlashadi,
262
yallig‗lanadi, shishib qizarib ketadi, va qattiqlashib qoladi. Ammo ziraq taqishda
ham uni ilmog‗i quloq teshiklariga mos kelmog‗i kerak. Og‗ir va haybatli
ziraklarni taqish maqsadga muofiq emas, chunqi quloq solinchog‗ini osiltirib
yuboradi va ko‗p hollarda u yirtilib qoladi. Qahrabo marjonlarining hech qanday
davolovchi hususiyati yo‗q, shuning uchun faqat zebonlik beruvchi sifatida
foydalanish mumkin.
Og„iz bo„shlig„i gigiyenasi
Sog‗lom va turli joylashgan tishlar yuzaga go‗zallik, jonlilik, zebolik bahsh
etibgina qolmay, balki ovqatni yaxshi hazm bo‗lishini garovi hamdir.
Bunda dudoqlar, lablar ovqatni qamrab olsa, til nozik analizotoridir.
Labni harakati, tilni aylanishi yumshoq va qattiq tanglaylarning butunligi va
shaklidan, tishlarni qay tarzda joylashganligidan so‗zimizni jarangdorligi yuzaga
keladi.
Qadim zamonlardanoq O‗rta Osiyo va Kavkaz orti halqlari og‗iz bo‗shlig‗i
gigiegnasiga katta ahamiyat berganlar. Ular tish va og‗iz bo‗shlig‗ini anor
po‗stlog‗i qaynatmasi bilan, yosh yong‗oq qaynatmasi va saqich bilan tozalab,
kuniga 3-5 marotabadan og‗izni chayqaganlar. O‗rta Osiyo va jumladan
O‗zbekiston Respublikasi xalqlari qadimdan tish va milkni tozalashda shaftolini
yosh navdasidan foydalanganlar.
Madaniyatlashgan davlatlarning xalqlari mana qariyib 1000 yillardan beri
tish poroshog‗i va tish pastasidan foydalanib keladilar. Bu vositalarning tarkibida
bo‗r, yalpizli tomchi, dori, tuz va sovun bor.
Nima uchun tishni tozalash kerak? Og‗iz bo‗shlig‗ida 100dan ortiq
mikroorganizmlar makon topib ular juda tez ko‗payadilar. Og‗iz bo‗shlig‗ini va
tishlarni tozalab turilmasa og‗iz bo‗shlig‗ida mikroorganizmlarni ko‗pyib ketishi
va ta‘sir doiralarini kengayishiga imkon yaratiladi. Kariozli ildizi oldida, tish milk
cho‗ntaklarida yara joylarida, bodamsimon bezlarda mikroorganizmlar ko‗payib,
og‗ir oqibatga olib kelishi mumkin.
Katta yoshdagilar ham yosh bolalar ham og‗iz bo‗shlig‗ini parvarish qilishda
quyidagilarga e‘tibor qilishi kerak:
263
– tishlarni muntazam tozalab turish
– pastki tishlarni, pastdan yuqoriga qarab yuqoridagi tishlarni, yuqoridan
pastga qarab tozalash lozim.
–og‗izni muntazam ravishda tozalab, turish ayniqsa ovqatlangandan so‗ng;
– milklarni uqalab turish
Tirnoq va qo„l gigiyenasi
Tirnoq odatda sekin o‗sadi. o‗rta hisobda qo‗l tirnoqlarni haftasiga 1 mm ga
, oyoq tirnoqlari 0,2 mm gacha ). Shuning uchun tirnoqni har 7 kundan olish yoki
qirqib turish lozim, tirnoq juda o‗sib ketgan taqdirda uning ostiga tez kir
to‗planadi. U sinuvchan bo‗lib qoladi.
Tirnoq ostidagi kirni bateriologiq nuqtai nazardan tekshirilib ko‗rilganda,
uni tarkibida qorin tifi, ich burug‗, gijjalarni tuhumlari yiringlatuvchi bakteriyalar,
turli tuman mog‗orlar va hattoki qichitma qo‗zg‗atuvchisi ham topiladi.Tirnoqni
manikyur qilish foydali lekin uni hadeb bo‗yayverish kerak emas.
Tirnoqni sinuvchan bo‗lib, qolishining asosiy sababi atseton va lakni
keragidan ko‗p miqdorda ishlatish yoki limon shirasi va sirka kislatosi yordamida
oro berishdir.1,5 oy maboynida 1 marta pedikyur etarli hisoblanadi.
Ba‘zi bir olimlar ich burug‗ kasalligini ―iflos qo‗l‖ kasalligi deb
ta‘riflaydilar. Kasal tarqatuvchi mikrob va gijjalarni iflos, yuvilmagan qo‗l orqali
ovqat mahsulotlariga yuqtiriladi. Qo‗lni faqat erta bilan yoki qechqurun emas,
balki har qanday ishni bajargandan so‗ng, albatta yuvish zarur.
Qo‗lni yuvish ovqat tanovul qilinishdan oldin yoqi hojatxonadan so‗ng
albatta amalga oshirish lozim. Bu narsa quyidagi mutaxasis va kasb hodimlari
uchun majburiy bo‗lishi kerak:ovqat tayyorlash va pishirish hodimlari, ovqatli
mahsulotlar bilan aloqadagi ishchilar, davolash muassasalari, sartaroshlik, bolalar
muassasalari va vodoprovod stansiya xodimlari.
Qo‗llarni tez-tez yuvib turish bilan birga bog‗liq bo‗lgan kasb xodimlari qo‗l
terisini yumshatuvchi va mayinlovchi kremlardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |