Nazorat savollari
1. Bolalar va o‗smirlar gigiena fanining maqsadi, vazifalari va usullari.
2. O‗sish va rivojlanish qonuniyatlari.
3. Bolalarni salomatligini belgilovchi antropometrik ko‗rsatkichlar.
4. Somatometrik ko‗rsatkichlar.
5. Fiziometrik ko‗rsatkichlar.
6. Somatoskopik ko‗rsatkichlar.
7. Umurtqa pog‘onasining tuzulishi.
256
8. Yassi tovonlikni aniqlash tartibi.
9. Yosh davrlari.
10. Bolalarga tibbiy xizmat ko‗rsatilish tartibi.
11. Bolalar kun tartibining ahamiyati.
12. Bolalar kun tartibiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
13. Akseleratsiya nima?
14. Akseleratsiya to‘g‘risidagi nazariyalar.
257
XIII BOB. SHAXSIY GIGIYENA ASOSLARI
13.1. TERI GIGIYENASI
Odamning terisi asosiy sezgi organlardan bo‗lib organizm uchun tirik
qalqon, yuqumli kasal chiqaruvchi mikroblar uchun, to‗siq hisoblanadi. Teri bir
qancha fiziologik protsesslarni, vazifalarni bajaradi. Terida juda ko‗p miqdorda
nerv oxirlari joylashgan bo‗lib, ular teriga tashqi ta‘sir qiluvchi yosh qo‗zatuvchi
omillarni qabul qilib oluvchi birinchi sezgi analizatoridir (teriga tegilgan narsani,
issiq va sovuqni, og‗riqni sezadi).
Terida joylashgan nerv oxirlari organizmda ro‗y beradigan fiziologik
jarayonlari boshqarib turuvchi markaziy nerv sistemasi bilan har tomonlama
bog‗liqdir.
Gavda terisi odam organizmini tashqaridan bo‗ladigan fizikaviy va
kimyoviy agentlari ta‘siridan, mexanik jarohatlardan va mikroblarni kirishidan
saqlaydi. Terining 1 kv.sm yuzasidan 40000 tagacha mikroorganizmlar bo‗lib
ularni ko‗plari kasal chaqiruvchi mikroblardir. Shu o‗rinda aytib o‗tish lozimki
toza, teri unga tushgan mikroblarni o‗ldirish hususiyatiga ega. O‗tkazilgan
tajribalarni ko‗ratishiga ko‗ra toza teriga sun‘iy ravishda surtilgan qorin tifi mikrob
10 daqiqadan keyin yo‗q bo‗lib ketadi, ya‘ni toza teri bu mikroblarni o‗ldirib
yuboradi.
Teri chiqaruvchi organ sifatida ham ahamiyati katta, bir kecha kunduz
mobaynida teri orqali o‗pkaga nisbatan 2 marta suv bug‗lari ajratib chiqarildi.
Odatda terida joylashgan ter bezlari bir kecha kunduz mobynida 600 dan
900 kub (sm) gacha ter ajratadi, ammo ma‘lum bir sharoitlarda teri orqali
ajratiladigan suv miqdori 10 litrgacha oshib ketishi mumkin ( issiq fasl, issituvchi
mikroiqlim) jadal jismoniy mehnat kabilar. Shuning bilan birga ter orqali
organizmdan natriy va kaliy tuzlari, suvda eruvchi vitaminlar va tuzli zararli
moddalar chiqarildi. SHu bilan ma‘lum darajada tana haroratini pasaytiradi, tanada
energiyaning sarflanishini tartibga solib turadi va boshqarishda rol o‗ynaydi.
Tashqi harorat pasayganda tanadan kamroq issiqlik ajralib, harorat ko‗tarilganda
esa ko‗proq issiqlik ajratiladi.
|