79
kumulyativlik xususiyatga ega bo‗lgan moddalar III sinfga va past kumulyativlik
xossasiga ega bo‗lgan moddalar IV sinfga taalluqlidir.
Sanoat zaharlarining xavflilik darajasini baholanganda ayollar va bolalar
organizmining yuqori darajadagi sezgirlik holatlarini hisobga olish zaruriy
hisoblanadi. Ayrim moddalar masalan, marganets va bor moddalariga nisbatan
erkaklar organizmi yuqori sezgirlikni namoyon qiladi.
Zaharli moddalarning ta‘sir etish samarasi yuqori harorat va namlik
sharoitlarida hamda bir vaqtning o‗zida yuqori darajadagi shovqin va tebranish
ta‘sir etganda juda yuqori bo‗ladi. Shu bilan birga og‗ir jismoniy mehnat
bajarganda ham sanoat zaharlarining ta‘sir etish samarasi juda yuqori bo‗lishi
tasdiqlangan.
Ishlab chiqarish muhitida sanoat zaharlari, odatda, kombinatsiyalashgan
(birikkan) holda ta‘sir ko‗rsatadi, buning oqibatida turli ko‗rinishdagi ta‘sir
samaralari namoyon bo‗ladi: qo‗shilgan ta‘sir (oddatiy samara), ta‘sir samarasining
kuchayishi, antogonizm (ta‘sir samarasining pasayishi), bir-biriga bog‗liq
bo‗lmagan ta‘sir kabilar.
Dostları ilə paylaş: