76
(toliqish, achchiqlanish, bosh og‗rishi, uyquning buzilishi, eshitishning buzilishi),
ayrim hollarda
polinevrit belgilari kuzatilib, hattoki barmoq va bilaklarning
parezini keltirib chiqaradi. Ultratovushning nomuvofiiq ta‘sirining oldini olish
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ultratovushni gigiyenik reglamentlash va ish joylarida uning darajasini
nazorat qilish;
- ultratovushlarni avtomatik holda boshqarish va o‗chirish;
- masofa orqali boshqarish, generatorlarni izolatsiya qilish;
- foydalanilmaydigan nurlanishlarni yo‗qotish;
- shahsiy himoya vositalaridan foydalanish (rezinali qo‗lqoplar, antifonlar);
- oqilona ish tartibi (har 1,5 soatda tanaffuslarni tashkil qilish);
- fizioterapevtik muolajalar (massaj, iliq vannalar);
- ovqatlarni vitaminlashtirish (B guruhidagi vitaminlar);
- ishchilarni doimiy davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tkazish.
Zamonaviy korxonalarda yana
bir muhim omil uchrab turadi, ya‘ni qattiq
jismlarning mexanik tebranishi -
infratovush. Bu chastotasi 20 Gs dan kam bo‗lgan
akustik tebranish hisoblanadi va qoida bo‗yicha eshitiluvchi tovushlar bilan
kuzatiladi. Infratovushning eng muhim manbai katta tebranishga ega bo‗lgan
yuzalar hisoblanadi. Infratovushlar odam qulog‗i orqali qabul qilinmaydi. Ular
katta masofalarga tarqalish xususiyatiga ega bo‗lib, har qanday to‗siqlardan ham
o‗ta oladi va yirik ob‘ektlarning tebranishiga sabab bo‗ladi.
Infratovush odam organizmiga ta‘sir etganda markaziy asab tizimi,
yurak-
tomir sistemasi, nafas organlari va eshitish organlarining funksional o‗zga rishlari
kelib chiqadi. Infratovushning eng diqqatga sazovor ta‘siri odamning emotsional
holatiga ta‘siridir (qo‗rqish sezgisini chaqirishi). Infratovushning zararli ta‘sirining
oldini olish tadbirlari:
- infratovushlarga gigiyenik reglamentlar belgilash va uni nazorat qilish;
- manbalarda infratovushni kamaytirish, kichik
gabaritli mexanizmlardan
foydalanish, transport harakatini cheklash, texnologik jarayonlardagi tezlikni
oshirish;
77
- katta tebranishga ega bo‗lgan yuzalarni mustahkamlash;
- ishchilarni tibbiy ko‗riklardan o‗tkazib turish.
Dostları ilə paylaş: