91
IV BOB. DORIXONA GIGIYENASINING UMUMIY ASOSLARI.
4.1. DORIXONA LOYIXASI, QURILISHI VA JIHOZLANISHIGA
QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR.
Dorixona sog‗liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‗lib, u
davolash-profilaktika muassasalarini
va aholini dori preparatlari, sanitariya va
boshqa tibbiyot vositalari bilan o‗z vaqtida ta‘minlaydi.
Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimlarga qattiq rioya
qilish zarur.
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigiyenik tekshiruvlarning
natijasiga ko‗ra, dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni o‗rganish ishning
asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixona gigieynasining
vazifalariga dorixonada
sanitar-gigiyenik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab
chiqarish omillarining dorixona ishchi xodimlariga salbiy ta‘siri
natijasida kelib
chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlash va ularni oldini olish chora tadbirlarini
ishlab chiqishdan iborat.
Dorixonaga qo‗yiladigan gigiyenik talablar
SanQ va M № 0337-16
―Dorixonalarni
joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar
qoida va me‘yorlari ‖ va SanQ va M № 0319-15 ―Dorivor moddalarni va tibbiyot
uchun mo‗ljallangan buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish,
jihozlash va
ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar qoida va me‘yorlari‖da keltirilgan bo‗lib,
bular quyidagilardan iborat
:
– dorixona er maydoniga gigiyenik talablar;
– dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga
qo‗yiladigan gigiyenik talablar;
– xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‗yiladigan
sanitariya
talablari;
– tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va
jo‗natishga qo‗yiladigan sanitariya talablari;
– dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‗yiladigan
gigiyenik
talablar;
92
– steril dori shakllarini tayyorlashga qo‗yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixona vazifasiga ko‗ra dorixonalar 2 turga bo‗linadi:
1. Kasalxona dorixonalari – bu kasalxonada davolanayotgan bemorlarga
xizmat qiladi.
2. Ambulator bemorlarga xizmat qiladigan dorixona.
Kasalxona dorixonasining vazifasiga davolash-profilaktika bo‗limlari uchun
dori preparatlarini tayyorlash, nazorat qilish va
dori preparatlarini etkazib
berishdan iborat. Kasalxona dorixonalarini ratsional loyixalashtirish uchun
kasalxona o‗rinlari soniga qarab dorixonalar 5 guruxga bo‗linadi: 200 gacha, 400,
600, 800 va 1000 o‗rin. Kasalxona dorixonalarini asosiy binoning birinchi
qavatida, davolash-profilaktika bo‗limida joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Dorixonani tashqari bilan bog‗laydigan aloxida chiqish eshigi bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: