111
Gorizontal va vertikal chiziqlar kichiklashtirilgan holda qog‗ozga tushuriladi,
oxirgi nuqtalar diagonal S holatda birlashtiriladi.Bu ko‗rsatkich 27
0
dan kam
bo‗lmasligi kerak (1-rasm).
Yorug„lik
tushish
tuynugi
o‗tkazilgan ikkita chiziqdan hosil
bo‗ladi, yuqorida tushiriladigan
chiziq xuddi yorug‗lik
tushish
burchagidek ish joyidan romning
tepa
qismigacha,
ikkinchisi-
pastdagi chiziq ish joyidan uy
qarshisidagi
soya beruvchi bino
yoki daraxtning tepa qismigacha
o‗tkazilgan chiziq. Yorug‗lik tushish tuynugini aniqlash uchun ish joyidan uy
qarshisidagi bino yoki daraxtdan tushayotgan soyaning
tepa qismi ikkinchi shaxs
tomonidan qo‗lini ko‗targan holda ifodalanib, ish joyigacha chiziq tushiriladi.
So‗ngra romning tepa qismidan ish joyigacha tushirilgan chiziq bilan
birlashtiriladi,
oldingi burchakdan foydalanib, vertikal ko‗rsatkich a dan a
1
aniqlanadi. Yorug‗lik burchaklari - γ transportini S chizig‗i bo‗ylab qo‗yib
aniqlanadi.
Insolyasiya – bu xonaning quyosh nuri bilan ta‘minlanishini va xonaga
deraza nur o‗tkazuvchi qismi orqali quyosh nurining to‗g‗ri tushishidir. Insolyasion
tartib kun davomida quyosh nuri bilan ta‘minlanishi, yorug‗lik o‗tkazuvchi
moslamalar orqali o‗tayotgan nurlanish issiqligining
miqdori va xonaning quyosh
nurlari tushuvchi Insolyasiya maydoni bilan baholanadi. Insolyasion tartib
maksimal, o‗rtacha, minimal bo‗lishi mumkin, va u binolarning (xonalarning)
orientatsiyasiga bog‗liq. Insolyasion tartibni aniqlash uchun kompas yordamida
xona, bino orientatsiyasini aniqlash lozim bo‗ladi, so‗ngra jadval bo‗yicha
insolyasion tartib turini aniqlash lozim bo‗ladi.
Insolyasiya tartibining 3 turi quyidagi jadvalda ko‗rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: