112
Jadval 5.1
Xonalarning insolyasiya tartibining turlari
Insolyasiya
tartibi
Orientatsiya
Insolyasiyani
vaqti
Xona yuzasini
Insolyasiyasi (%)
Maksimal
Janubiy, Sharqiy
Janubiy-G‗arbiy
5-6 soat
80%
O‗rtacha
Janubiy, Sharqiy
3-5 soat
40-50%
Minimal
Shimoliy-Sharqiy
Shimoliy-G‗arbiy
3 soatdan
kam
30% kam
Binolar g‗arb tomonga qaratilganda insolssiya tartibi turli bo‗ladi. Davomi
bo‗yicha u o‗rtacha, havoni isitish bo‗yicha esa u maksimal insolyasiya tartibiga
to‗g‗ri keladi.
Sun‟iy yorug„lik bilan yoritishga qo„yiladigan gigiyenik talablar
Sun‘iy yorug‗lik manbalari xonalar xamda ulardagi ishchi o‗rinlarining
etarlicha va bir tekis yoritilishini ta‘minlab beradigan bo‗lishi kerak. Sun‘iy
yorug‗lik bilan yoritishning ikki sistemasi tafovut qilinadi: umumiy yoritish va
aralash yoritish sistemasi aralash yoritishda umumiy yoritish manbaiga qo‗shimcha
qilib mahalliy yorug‗lik qo‗shiladi. Ish o‗rinlarining yoritilishi, ish vaqtida ko‗z
o‗tkirligi, mayda jismlarni farq qilish tezligi xamda doim ravshan ko‗rishni etarli
ta‘minlab berishi kerak.
Yorug„likni ko„rish a‟zolari faoliyatini baholash
Qarama-qarshi kontrast sezuvchanlik. Bironta buyumni ko‗rish uchun u
ravshanligi hamda rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishi kerak. Buyum
ravshanligi va rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishini ko‗z ajrata olsa, unga
kontrast sezuvchanlik chegarasi deyiladi.
Ish joylarining bir tekis yoritilmasligi tufayli, yorug‗lik bir xil
tushmasligidan har xil soyalar paydo bo‗lib, ish qobiliyati pasayadi. Shu bois ish
joyini to‗g‗ri yoritish zarur.
113
Ko„z o„tkirligi deb ko‗zning mayda detallarni ajrata olish xususiyatiga
aytiladi. Ko‗z o‗tkirligi ko‗zdan kechirilayotgan ikki ob‘ektni alohida-alohida deb
idrok etish uchun ketadigan eng kam vaqt oralig‗i bilan ta‘riflanadi.
Farq qilish tezligi deb ko‗zning detalni ko‗ra olishi xamda shaklini aniqlay
olishi uchun sarflanadigan eng kam vaqtga aytiladi.
Doim ravshan ko„rish ko‗ruv analizatorining ko‗zga chalingan detallarni
aniq holda uzoq saqlab qolish xususiyatini ta‘riflab beradi. Ko‗zning bu funksiyasi
ko‗z bilan ko‗rib qilinadigai ishni bajarishda muhim axamiyatga ega bo‗ladi va
ko‗p jihatdan ish qobiliyatini belgilaydi.
Sun‟iy yoritish manbalari va uni baholash usullari
Standartlar bo‗yicha eritilganlik nazorat nuqtalarida o‗lchanadi: xona
O‗rtasida, devor yonlarida, yoritgichlar ostida, ularni o‗rtalarida va qatorlari
orasida o‗lchanadi. Nazorat nuqtalari soni 5 tadan kam bo‗lmasligi kerak.
Me‘yordagi shartli ish yuzalarida yoki amaldagi ish yuzalarida o‗lchash o‗tkazish
mumkin. O‗lchashni o‗tkazishdan avval barcha kuygan lampochkalarni yangisiga
almashtirish kerak. Su‘niy yoritilganlik qorong‗i paytda o‗lchanadi (tabiiy
yoritilish aralashganligi 0,1 dan oshmasligi kerak). Mahalliy va umumiy yoritilish
manba‘lari bo‗lganda avval umumiy yoritgichlar ostida, keyin mahalliy
yoritgichlar yoqiladi va ular tagida o‗lchaniladi, o‗lchanganlar natijalari yig‗indisi
ishlatiladi.
Sun‘iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog‗liq bo‗ladi, xonaning kattaligi
(o‗lchamlari), foydalanilgan chiroqlarning turi, quvvati va soniga, ularning sozligi,
osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni
qaytarish xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Xonalarning sun‘iy yoritilish xolatini
baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kerak bo‗ladi.
Sun‘iy yoritilganlikka quyidagi gigienik talablar qo‗yiladi:
- yoritilish etarli bo‗lishi;
- tushayotgan nurlar tarqoq bo‗lishi;
- ish joyidagi yoritilganlik bir tekis va keskin ko‗lankalarsiz (soyalarsiz)
bo‗lishi kerak. Ko‗lankalar tushganda ish qobiliyati pasayadi va yoritilganligi
114
bo‗yicha keskin farq qiladigan bir yuzadan ikkinchisiga qaralganda ko‗zning
moslashuvi tez bo‗lganligi sababli ko‗zning toliqishi kuchayadi.
Yorug‗lik manbalari va yuzalar odamning ko‗ruv maydoniga tushib, ko‗zni
qamashtiradi va funksiyasini buzadi. Juda ravshan yorug‗lik manbalari va yuzalar
ko‗zdan yosh oqizadi va hatto og‗riq sezgisini paydo qiladi. Ko‗z yordamida
zo‗riqib ishlashda yoritilish etarlicha bo‗lmaganda kishida, ayniqsa bolalarda yaqin
masofadan ko‗ra olmaslik rivojlanadi. Turar joy xonalarida o‗rtacha yoritilganlik
30-50 lyuksdan kam bo‗lmasligi, o‗qish va yozishda ish joyidagi yoritilganlik esa
150-300 lyuksdan kam bo‗lmasligi kerak (sinflar uchun).
Hozirgi vaqtda yorug‗lik manbalari sifatida cho‗g‗lanma va lyuminitsent
lampalardan foydalaniladi. Cho‗g‗lanma lampalarda issiqlik energiyasi yorug‗lik
energiyasiga aylanadi. Lyuminitsent lampa oddiy shishadan yasalgan simob
bug‗lari va argon to‗ldirilgan naychadan iborat. Spektrning xilma xilligi
lyuminitsent lampalarning gigienik afzalliklaridan xisoblanadi. Lyuminitsent
lampalar gigiyenik jixatdan afzalroqdir, chunki tarqoq, bir tekkisda yorug‗lik
beradi, ko‗zni qamashtirmaydi, kam elektr energiyasi sarflaydi, uzoq muddat
ishlaydi. Lekin ularning qo‗shimcha salbiy xususiyatlari bor, ya‘ni tovush
chiqaradi. Bundan tashqari nur chiqaradigan yuzasi katta bo‗lgan lyuminitsent
lampalar ko‗lanka hosil qilmaydigan yumshoq tarqoq yorug‗likni vujudga
keltiradi.
Sun‘iy yoritish manbai sifatida lyuminetsent lampalar cho‗g‗lanma
lampalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:
1) bir xil quvvatda cho‗g‗lanma lampalarga nisbatan 2 barobar yorug‗lik ko‗p
ajratadi
2) uning spektri quyosh spektriga yaqin
3) oz yorug‗lik quvvatini talab qilish bilan ifodalaniladi
4) keskin soyalar hosil qilmaydi
5) to‗g‗ri rang o‗tkazishni ta‘minlaydi
115
Xonalarda bir vaqtda lyuminetsent lampalar bilan cho‗g‗lanma lampalarni
birgalikda ishlatishga ruxsat etilmaydi. Sun‘iy yoritilganlik ish joylarida gorizontal
tekislikda lyuksmetr bilan aniqlanadi.
Agar aniqlash kunduzi olib borilsa, avval aralash yoritilganlik (sun‘iy va
tabiiy yoritilganlik), so‗ngra tabiiy yoritilganlik aniqlanadi.
Xonaga kerakli lampalar miqdorlarini aniqlash uchun, uning solishtirma
quvvatiga qarab hisob qilinadi. Solishtirma quvvati - bu lampalar umumiy
quvvatining pol yuzasiga bo‗lgan nisbatidir (Vt/m
2
). Lampa solishtirma
quvvatining kattaligi lampaning jihozlanishiga, balandligiga, pol sathiga va shu
xonada (bajariladigan ishga qarab) kerak bo‗lgan yoritish miqdoriga bog‗liq.
Xonaga kerakli lampalarning miqdorini aniqlash uchun solishtirma quvvatini
xona sathiga ko‗paytirib, 1 ta lampaning quvvatiga bo‗linadi (SK-300 lampada-300
Vt, ShOD-2-80-100 Vt, ShOD-2-40 da 80 Vt).
Sun‘iy yoritish qurilmalaridan yoritilganlikni o‗lchash (shu jumladan
kombinatsiyalashgan yoritish rejimida ishlaganda) kechasi (binolarda joylashgan
tabiiy yorug‗ligi bo‗lmagan xonalar bundan mustasno) amalga oshirilishi kerak.
Yoritilganlik o‗lchovlari lyuksmetrlar yordamida amalga oshiriladi.
Lyuksmetr bilan ishlaganda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
- fotoelementni ish stoli yuzasida (gorizontal, vertikal, qiya) joylashtirish kerak;
- fotoelementga odamlardan va ish uskunalaridan tasodifiy soyalar tushmasligi
kerak; agar ish joyiga ishchining o‗zi yoki uskunaning qismlari tomonidan soya
tushadigan bo‗lsa, unda yorug‗likni haqiqiy sharoitda o‗lchash kerak;
- o‗lvochi asbobni metall yuzalariga o‗rnatish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |