Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov
birliklari.
Yorug„likning kuchi. Turli manbalarniig yorug‗liklari har xil spektrlarga ega
bo‗lgani uchun sifat jihatdan va yorug‗lik sistemasiga ko‗ra miqdor jihatdan farq
qilishi mumkin. Yorug‗lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati
platinaning qotish temperaturasidagi to‗la nurlatgichning ravshanligi 1 sm
2
ga 60 sb
ga baravar deb qabul qilinadi.
107
Ravshanlik. Ravshanlik ko‗z bevosita sezadigan yorug‗lik miqdoridir.
Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‗nalishda
yarqirayotgan yorug‗lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va
stilblar (sb) bilan ifoda etiladi.
Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasini belgilab
beradigan omillar
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga
bog‗liq.
Yorug„lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik
kengligi, quyoshning nechog‗li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‗qligi va
atmosfera havosining nechog‗li musaffoligiga qarab o‗zgarib turadi. Tabiiy
yorug‗lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari
o‗zgarib turishi o‗sha joyning yorug„lik iqlimi deb ataladi. Qurilishni
loyihalashtirishda yorug‗lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu
sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib solinadi, deraza o‗rinlari va
normal yorug‗ tushib turishi uchun zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab
tanlanadi va olinadi.
Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga
qaragan bo‗lishi binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilishiga katta ta‘sir
ko‗rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‗g‗ri qurishni derazalar orqali
xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu -
sog‗lomlashtiruvchi kuchli omildir.
Turarjoy binolarida gigiena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh
nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha
uzoqroq oftob tushib turadigan bo‗lishi zarur deb hisoblamoq kerak.
O‗z-o‗zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini
aniqlashda iqlim hususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik
quyosh nurlari etarlicha tushib turadigan bo‗lishi, ikkinchi tomondan esa yilning
issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydigan bo‗lishi
kerak. Mo‗tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy
108
xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‗lsa, hammadan
qulay hisoblanadi.
Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza
oynasida talaygina miqdorda temir, titan, xrom va boshqa elementlarning rangli
birikmalari bo‗ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan xona ichiga tushadigan
yorug‗lik miqdorini kamaytirib qo‗yish bilangina qolmay, balki, eng muhimi,
quyosh nurining to‗lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‗ladigan biologik jihatdan
eng faol qismini ushlab qoladi va derazadan o‗tkazmaydi. Deraza bir qavat
bo‗lsa,oyna orqali yorug‗lik o‗tkazish koeffitsienti 10—15% ga, qo‗sh qavat
bo‗lsa, 25% gacha kamayadi.
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‗paytirish uchun maxsus
uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga
maxsus ishlov beriladi, buning natijasida rangdor aralashmalarining miqdori
0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%).
Ifloslangan oynalar va qish vaqtida xona havosidagi namning
kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning
yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi.
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‗l
qo‗ymaslik uchun qo‗sh qavat romlar orasiga suv o‗tadigan materiallar (masalan,
sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‗mir) qo‗yiladi (deraza oynalarning orasidagn
bo‗shliq shamollatiladi yoki isitiladi).
Bino devorlarining rangi. Qora ranglar yorug‗likni yutishi, och ranglar esa
qaytarishi (aks ettirishi) ma‘lum. Oq rangga bo‗yalgan devorlar ularga tushadigan
nurlarning 80% ga yaqinini qaytaradi, sariq rangi 40% ga yaqinini, ko‗k rang 25%
ga yaqinini va jigar rang 13 % qaytaradi.
Yorug„likni to„sib qo„yadigan buyumlar. Xonadagi buyumlar (derazaga
qo‗yilgan gullar, deraza pardalari va b.), shuningdek, derazasi oldida turgan
narsalar (baland daraxtlar, binolar va boshqalar) yorug‗likni to‗sib qo‗yishi
mumkin. Chunonchi, derazalarga tutiladigan to‗r pardalar 40% gacha va bundan
ortiqroq yorug‗likni yutib qola oladi. Yorug‗lik to‗silib qolmasligi uchun binoning
109
tashqarisida, derazalar oldida turadigan narsalar kam deganda o‗zining bo‗yiga ikki
baravar keladigan masofada derazalardan nari bo‗lishi kerak.
Xonalarning eni (chuqurligi). Xonaga yorug‗lik tik derazalar orqali bir yon
tomondan tushadigan bo‗lsa, derazadan uzoqlashilgan sayin yorug‗lik darajasi
kamayib boradi. Xonaning derazali devoridan eng uzoqdagi qismlariga ham
yaxshiroq yorug‗ tushadigan bo‗lishi uchun derazalarning ustki chetlarini imkoni
boricha yuqoriroq ko‗tarish kerak.Yorug‗lik xonaning bir yon tomonidai
tushadigan bo‗lsa, xonaning chuqurligi (derazali devorning ro‗parasidagi
devorgacha bo‗lgan masofa) poldan derazaning yuqori chetigacha bo‗lgan
masofadan ikki baravar ortiqroq bo‗lishi kerak deb hisoblanadi. Chunonchi,
derazalarniig ustki chetlari poldan 3,5 m balandda turadigan bo‗lsa, xonaning
chuqurligi 7 dan ortmasligi kerak. Ma‘luvki, yorug‗lik ikki tomonidan yoki bir yon
tomoni hamda tepasidan, ya‘ni aralash tushadigan xonalarga bu qoidani tadbiq
qilib bo‗lmaydi.
Derazalarning yorug„lik tushadigan yuzasi. Xonalarning yoritilishi
derazalarning oyna bilan qoplangan (yorug‗lik tushadigan) yuzasining katta-
kichikligiga, ya‘ni yorug‗lik tushadigan yuzalarning yig‗indisiga bog‗liqdir.
Yorug‗lik tushadigan joylarning
etarli-etarlimasligi to‗g‗risida yorug‗lik
koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi.
Tabiiy yorug„lik bilan yoritilish me‟yorlari.
Xonaning tabiiy yoritilganligini gigiyenik nuqtai nazardan baholashda
yorug‗lik koeffitsientini (YoK), yorug‗lik tushish burchagi, burchak teshigi va
tabiiy yorug‗lik koeffitsienti (TYoK) ni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Tabiiy yorug‗lik intensivligi yorug‗lik koeffitsienti (YoK) va tabiiy
yorug‗lik koeffitsienti (TYoK) bilan baholanadi. Dorixonalarning ayrim xonalarida
(assistentlar, analitik, aseptik xonalarida) YoK 1:4; TYoK – 2% bo‗lishi kerak.
Dorixonalarning boshqa xonalarida YoK 1:6 -1:7; TYoK – 1,5-0,6% bo‗lishi
kerak.
Yorug„lik koeffitsienti (YoK) deb, yorug‗lik tushadigan derazalar yuzasining
xona poli maydoniga bo‗lgan nisbatiga aytiladi. U oddiy nisbat bilan belgilanadi,
110
ya‘ni kasrning sur‘atiga oyna yuzasining sathi, maxrajga esa polning yuzasi. Kasr
surati 1 ga tenglashtirib olinadi, buning uchun kasrning maxraji sur‘atida turgan
songa bo‗linadi. Turarjoy va jamoat binolarida yorug‗lik koeffitsientining miqdori
xonalarning vazifasiga qarab 1:4 dan 1:7 gacha bo‗ladi. Yorug‗lik koeffitsienti
qurilishni loyihalashda ahamiyatga ega, lekin xonalarning tabiiy yorug‗lik bilan
qanchalik yoritilishini etarli darajada ta‘riflab berolmaydi, chunki yorug‗lik
darajasi derazalarning yorug‗lik tushadigan yuzi bilan xona poli maydoni
o‗rtasidagi nisbatigagina bog‗liq bo‗lmasdan, balki ob-havo sharoitlari,
xonalarnipg o‗lchamlari o‗rtasidagi nisbatlar, yorug‗lik tushadigan joylarning
shakli va konstruksiyalari hamda yuqorida aytib o‗tilgan boshqa omillarga ham
bog‗liq bo‗ladi.
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan qanchalik yoritilishini tabiiy yorug‗lik
bilan yoritilish koeffitsienti (TYoK) ta‘riflab beradi.
Tabiiy yorug„lik koeffitsienti (TYoK) xonalarning tabiiy yoritilganligini
baholashda asosiy ko‗rsatkichdir.
Dostları ilə paylaş: |