Nuraliyeva xafiza otaevna


Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Yorug‘likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o‘lchov 
birliklari. 
Yorug„likning kuchi. Turli manbalarniig yorug‗liklari har xil spektrlarga ega 
bo‗lgani uchun sifat jihatdan va yorug‗lik sistemasiga ko‗ra miqdor jihatdan farq 
qilishi mumkin. Yorug‗lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati 
platinaning qotish temperaturasidagi to‗la nurlatgichning ravshanligi 1 sm

ga 60 sb 
ga baravar deb qabul qilinadi. 


107 
Ravshanlik. Ravshanlik ko‗z bevosita sezadigan yorug‗lik miqdoridir. 
Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‗nalishda 
yarqirayotgan yorug‗lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va 
stilblar (sb) bilan ifoda etiladi. 
Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasini belgilab 
beradigan omillar 
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga 
bog‗liq. 
Yorug„lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik 
kengligi, quyoshning nechog‗li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‗qligi va 
atmosfera havosining nechog‗li musaffoligiga qarab o‗zgarib turadi. Tabiiy 
yorug‗lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari 
o‗zgarib turishi o‗sha joyning yorug„lik iqlimi deb ataladi. Qurilishni 
loyihalashtirishda yorug‗lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu 
sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib solinadi, deraza o‗rinlari va 
normal yorug‗ tushib turishi uchun zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab 
tanlanadi va olinadi. 
Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga 
qaragan bo‗lishi binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilishiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‗g‗ri qurishni derazalar orqali 
xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu - 
sog‗lomlashtiruvchi kuchli omildir. 
Turarjoy binolarida gigiena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh 
nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha 
uzoqroq oftob tushib turadigan bo‗lishi zarur deb hisoblamoq kerak. 
O‗z-o‗zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini 
aniqlashda iqlim hususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik 
quyosh nurlari etarlicha tushib turadigan bo‗lishi, ikkinchi tomondan esa yilning 
issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydigan bo‗lishi 
kerak. Mo‗tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy 


108 
xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‗lsa, hammadan 
qulay hisoblanadi. 
Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza 
oynasida talaygina miqdorda temir, titan, xrom va boshqa elementlarning rangli 
birikmalari bo‗ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan xona ichiga tushadigan 
yorug‗lik miqdorini kamaytirib qo‗yish bilangina qolmay, balki, eng muhimi
quyosh nurining to‗lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‗ladigan biologik jihatdan 
eng faol qismini ushlab qoladi va derazadan o‗tkazmaydi. Deraza bir qavat 
bo‗lsa,oyna orqali yorug‗lik o‗tkazish koeffitsienti 10—15% ga, qo‗sh qavat 
bo‗lsa, 25% gacha kamayadi. 
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‗paytirish uchun maxsus 
uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga 
maxsus ishlov beriladi, buning natijasida rangdor aralashmalarining miqdori 
0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%). 
Ifloslangan oynalar va qish vaqtida xona havosidagi namning 
kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning 
yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi. 
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‗l 
qo‗ymaslik uchun qo‗sh qavat romlar orasiga suv o‗tadigan materiallar (masalan, 
sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‗mir) qo‗yiladi (deraza oynalarning orasidagn 
bo‗shliq shamollatiladi yoki isitiladi). 
Bino devorlarining rangi. Qora ranglar yorug‗likni yutishi, och ranglar esa 
qaytarishi (aks ettirishi) ma‘lum. Oq rangga bo‗yalgan devorlar ularga tushadigan 
nurlarning 80% ga yaqinini qaytaradi, sariq rangi 40% ga yaqinini, ko‗k rang 25% 
ga yaqinini va jigar rang 13 % qaytaradi. 
Yorug„likni to„sib qo„yadigan buyumlar. Xonadagi buyumlar (derazaga 
qo‗yilgan gullar, deraza pardalari va b.), shuningdek, derazasi oldida turgan 
narsalar (baland daraxtlar, binolar va boshqalar) yorug‗likni to‗sib qo‗yishi 
mumkin. Chunonchi, derazalarga tutiladigan to‗r pardalar 40% gacha va bundan 
ortiqroq yorug‗likni yutib qola oladi. Yorug‗lik to‗silib qolmasligi uchun binoning 


109 
tashqarisida, derazalar oldida turadigan narsalar kam deganda o‗zining bo‗yiga ikki 
baravar keladigan masofada derazalardan nari bo‗lishi kerak. 
Xonalarning eni (chuqurligi). Xonaga yorug‗lik tik derazalar orqali bir yon 
tomondan tushadigan bo‗lsa, derazadan uzoqlashilgan sayin yorug‗lik darajasi 
kamayib boradi. Xonaning derazali devoridan eng uzoqdagi qismlariga ham 
yaxshiroq yorug‗ tushadigan bo‗lishi uchun derazalarning ustki chetlarini imkoni 
boricha yuqoriroq ko‗tarish kerak.Yorug‗lik xonaning bir yon tomonidai 
tushadigan bo‗lsa, xonaning chuqurligi (derazali devorning ro‗parasidagi 
devorgacha bo‗lgan masofa) poldan derazaning yuqori chetigacha bo‗lgan 
masofadan ikki baravar ortiqroq bo‗lishi kerak deb hisoblanadi. Chunonchi, 
derazalarniig ustki chetlari poldan 3,5 m balandda turadigan bo‗lsa, xonaning 
chuqurligi 7 dan ortmasligi kerak. Ma‘luvki, yorug‗lik ikki tomonidan yoki bir yon 
tomoni hamda tepasidan, ya‘ni aralash tushadigan xonalarga bu qoidani tadbiq 
qilib bo‗lmaydi. 
Derazalarning yorug„lik tushadigan yuzasi. Xonalarning yoritilishi 
derazalarning oyna bilan qoplangan (yorug‗lik tushadigan) yuzasining katta-
kichikligiga, ya‘ni yorug‗lik tushadigan yuzalarning yig‗indisiga bog‗liqdir. 
Yorug‗lik tushadigan joylarning 
etarli-etarlimasligi to‗g‗risida yorug‗lik 
koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi. 
Tabiiy yorug„lik bilan yoritilish me‟yorlari. 
Xonaning tabiiy yoritilganligini gigiyenik nuqtai nazardan baholashda 
yorug‗lik koeffitsientini (YoK), yorug‗lik tushish burchagi, burchak teshigi va 
tabiiy yorug‗lik koeffitsienti (TYoK) ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Tabiiy yorug‗lik intensivligi yorug‗lik koeffitsienti (YoK) va tabiiy 
yorug‗lik koeffitsienti (TYoK) bilan baholanadi. Dorixonalarning ayrim xonalarida 
(assistentlar, analitik, aseptik xonalarida) YoK 1:4; TYoK – 2% bo‗lishi kerak. 
Dorixonalarning boshqa xonalarida YoK 1:6 -1:7; TYoK – 1,5-0,6% bo‗lishi 
kerak. 
Yorug„lik koeffitsienti (YoK) deb, yorug‗lik tushadigan derazalar yuzasining 
xona poli maydoniga bo‗lgan nisbatiga aytiladi. U oddiy nisbat bilan belgilanadi, 


110 
ya‘ni kasrning sur‘atiga oyna yuzasining sathi, maxrajga esa polning yuzasi. Kasr 
surati 1 ga tenglashtirib olinadi, buning uchun kasrning maxraji sur‘atida turgan 
songa bo‗linadi. Turarjoy va jamoat binolarida yorug‗lik koeffitsientining miqdori 
xonalarning vazifasiga qarab 1:4 dan 1:7 gacha bo‗ladi. Yorug‗lik koeffitsienti 
qurilishni loyihalashda ahamiyatga ega, lekin xonalarning tabiiy yorug‗lik bilan 
qanchalik yoritilishini etarli darajada ta‘riflab berolmaydi, chunki yorug‗lik 
darajasi derazalarning yorug‗lik tushadigan yuzi bilan xona poli maydoni 
o‗rtasidagi nisbatigagina bog‗liq bo‗lmasdan, balki ob-havo sharoitlari, 
xonalarnipg o‗lchamlari o‗rtasidagi nisbatlar, yorug‗lik tushadigan joylarning 
shakli va konstruksiyalari hamda yuqorida aytib o‗tilgan boshqa omillarga ham 
bog‗liq bo‗ladi.
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan qanchalik yoritilishini tabiiy yorug‗lik 
bilan yoritilish koeffitsienti (TYoK) ta‘riflab beradi. 
Tabiiy yorug„lik koeffitsienti (TYoK) xonalarning tabiiy yoritilganligini 
baholashda asosiy ko‗rsatkichdir.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin