165
VII BOB. GALEN VA NEOGALEN PREPARATLARINI ISHLAB
CHIQARISHDA MEHNAT GIGIYENASI
7.1. TO‘G‘RI (YAXSHI) ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
QOIDALARI (GOOD MANUFACTURING PRACTICE)
Farmatsevtika sohasini rivojlanitirishni yaxshi yo‗lga qo‗yish uchun Evropa
mamlakatlarida ―Evropa birlashmasida dori-darmonlarni
bir maromda ushlab
turilishi‖ bo‗yicha qoida ishlab chiqilgan. Bu qoida
asosan ishlab chiqarish
jarayonida kam hatoga yo‗l qo‗yilishini va tayyor mahsulotning sifatini aniqlaydi.
Asosan ikki turdagi hatoliklar ko‗p uchraydi: 1. Kesib o‗tilgan
kontiminatsiya. 2. Aralashib, yoki adashib ketilgan tayyor mahsulot.
Hatolikni oldini olish yo„llari:
1. Talab etilgan tayyor mahsulotni tayyorlanish
va tasdiqlash jarayonida
nazorat qilishning aniq reglamentini berish.
2. Har bir bosqichda taftish o‗tkazish: ―tayyor
mahsulot sifatining
o‗zgarishiga ta‘sir etishi‖
3. Ishlab chiqarish quyidagi sharoitlarda:
yopiq inshootlarda,
jihozlar,
xizmatlar, ta‘minot, qadoqlanuvchi va nomlanuvchi materiallar bilan ta‘minlanishi
hamda tashish va etkazib berish kafolatlanishi shart.
4. Har bir tayyor mahsulotda ishlatish tartibi va reglamenti yozilishi shart.
5. Texnologik jarayonni olib boruvchi shaxs malakasini oshirishi shart.
6. Mahsulot xar bir bosqichda tekshirilib, tayyor bo‗lgandan keyin sifati va
soni talabga javob berishi lozim.
7. Mahsulot ishlab chiqarilishi va saqlanish jarayonini qayd etib boriladigan
xujjatlar, realizatsiya qilinadigan mahsulotlarni joyiga shikastsiz etkazib borilishini
qayd qiluvchi xujjatlar saqlanishi shart.
8. Dori – darmonlar sotilgan yoki etkazib
berilgan taqdirda sifati
buzilmaganligini nazorat qilishshart.
Tizimda ishtirok etish uchun mamlakatda uchta sharoit bo„lishi kerak:
1. Dori vositalarini Davlat ro‗yxatidan o‗tkazish idorasi va tizimining mavjudligi.
166
2. Vakolatli idoralar tomonidan farmatsevtika korxonalarini
muntazam ravishda
inspeksiyadan o‗tkazish.
3. Amaldagi korxonalarning - Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (Good
Manufacturing Practice) qoidalaritalablariga mos kelishi.
Dostları ilə paylaş: