176
VIII BOB. ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISHDA MEHNAT
GIGIYENASI
8.1. KIMYOFARMATSEVTIKA KORXONALARIDAGI MEHNAT
GIGIYENASI
Kimyofarmatsevtika sanoati - xalq xo‗jaligining etakchi sohalaridan biridir.
Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy
usullarda ishlov
berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash
keng qo‗llanadi.
Zamonaviy kimyofarmatsevtika korxonalari o‗ziga xos xususiyatlarga ega
bo‗lib, uning rivojlanish
spetsifikasini belgilaydi, jumladan chiqariladigan
mahsulotlarning kimyoviy tozaligini ta‘minlash. Bundan tashqari mushak ichiga
yuboriladigan, vena ichiga qo‗llaniladigan, teri
ostiga yuborilish uchun
mo‗ljallangan preparatlarning to‗liq sterillanganligini ta‘minlash kerak. Ishlab
chiqariladigan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlari O‗zbekiston Respublikasi
Farmakopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak.
Kimyofarmatsevtika korxonalarining ikkinchi o‗ziga
xos xususiyati,
ko‗pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichikligi hisoblanadi.
Kimyo-farmatsevtika
korxonalarida
faqat
sulfanilamidlar,
salitsilatlar,
barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta
miqdorlarda ishlab chiqiladi.
Mazkur korxonalar uchun xomashyo va boshqa
yordamchi materiallarni
katta hajmlarda sarflanishi xarakterlidir, chunki dorivor vositalarni sintezlash ko‗p
bosqichli va murakkabligi bilan farqlanadi.
Kimyo
farmatsevtika
korxonalari
dorivor
preparatlarning
nomenklaturalarining tez-tez almashinib turishi bilan ta‘riflanadi. Korxonaning
mazkur xususiyati, hamda dorivor preparatlarni
ishlab chiqarish hajmining
kamligi, bu korxonalarda aralashgan texnologik sxemalarni keng qo‗llashga
sababchi bo‗ladi va bu yil davomida 2-3 va undan ortiq, dori turlarini ishlab
chiqishga imkon beradi.
Bundan tashqari, mazkur soha bo‗yicha ishlab
177
chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan
o‗tkazish kerak.
Kimyofarmatsevtika korxonalarining ko‗rsatilgan xususiyatlari gigiyena fani
va amaliyoti oldiga korxonada sog‗lomlashtirish tadbirlarini
tashkil qilish va
o‗tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‗yadi.
Kimyofarmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik
ta‟rif.
Kimyofarmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash
mumkin.
Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni
tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‗yicha zavodlar va tayyor dori
shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi.
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab
chiqarish asosida organik
sintezlashni keng ko‗lamda qo‗llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo
sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi.
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi.
Bu shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez
bo‗lganligi bilan bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: