199
gaz holida o‗pka orqali chiqib ketishiga ulgurmaydi, natijada qon tomirlarda gaz
emboliyasi vujudga kelib qon harakatini to‗sib qo‗yadi.
Kesson kasalligining klinik belgilari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
bo‗g‗imlarda og‗riq paydo bo‗lishi, terining qisishi, holsizlanish va siqilishi, katta
qon tomirlarida gaz emboliyalarining bo‗lishi natijasida oyoq va qo‗llarning
ishlamay qolishi, organizm funksiyasining buzilishi va hatto o‗limga
xam olib
kelishi mumkin.
Kesson kasalligiga teskari dekompression kasallik xam mavjud bo‗lib, u
yuqori atmosfera bosimidan birdaniga past bosimli sharoitga o‗tganda vujudga
keladi. Bunda qonda erigan barcha gazlarning pufakchalari o‗tishi yoki qonning
qaynab ketishi kabi holatni yuzaga keltiradi. Dekompression
kasalligi yuqori
balandlikda uchadigan samolyot va kosmik kemalarni kabinalarining zichlik holati
buzilganda yuzaga keladi.
1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosiminig o‗lchov birligi qilib jahon
miqyosida yagona Paskal (Pa) qabul qilingan.
Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 mbar-1000 Pa - 750 mm simob
ustuniga teng. Demak, 1 millibar-0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o‗z
yo‗lida 1,33 millibarga teng.
Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin
bo‗ladigan o‗zgarishlar hamda past yoki yuqori
bosim sharoitida ishlaganda
qanday profilaktik chora-tadbirlar ko‗rish kerakligini belgilashga imkon beradi.
Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan ifloslanishi atmosfera bosimining
qanday ko‗rsatkichida sodir bo‗lganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar
hamda barograflar
yordamida aniqlash mumkin.
1. Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o‗rnatilgan, ustki qismi berk,
pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat.
Bosimni o‗lchashdan oldin simob ustuni maxsus vintil yordamida ―0‖
ko‗rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo‗ylab ko‗tarilishi, atmosfera
bosimini shkala ko‗rsatkichi orqali ifodalaydi.
200
Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o‗zgarishiga qarab to‗g‗irlab
turish kerak, chunki harorat ko‗tarilish
simobning kengayishiga, bu o‗z yo‗lida
naycha orqali simob ko‗tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning
kengayish koeffitsientini ham hisobga olish zarur, Barometr ko‗rsatishini
to‗g‗irlash simobning kengayish koeffitsientiga 0,000163
hamda termometr
ko‗rsatishiga ko‗paytirish yo‗li bilan topiladi.
Barometr ko‗rsatkichidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi olinadi, agar termometr
ko‗rsatkichi musbat bo‗lsa qo‗shiladi, termometr ko‗rsatishi manfiy bo‗lganda
ayriladi.
Misol. Barometr ko‗rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20
0
S bo‗lsa, tuzatishni topish uchun olingan ma‘lumotlar ko‗paytiriladi. 755 x
0,000163 x 20 = 2.46. Shunday qilib, to‗g‗irlash 2.46 ga teng.
Barometr ko‗rsatishidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera
bosimi topiladi:
755-2,46 = 752,54 demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54
mm simob ustuniga teng.
2. Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo‗lib, devorlari
yupqa metaldan yasalgan. quticha ichida bosimni sezuvchi bo‗shliq hosil qilingan.
Atmosfera bosimining o‗zgarishi tufayli, quticha devorlari ko‗tariladi yoki
puchayadi. Bunday o‗zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o‗rnatilgan
ko‗rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini
simob ustunini mm larda
ifodalovchi raqamlarda belgilaydi.
3. Barograf atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o‗zi
yozuvchi barograflardan foydalaniladi.
Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi.
Atmosfera bosimining o‗zgarish tufayli, qutichalar shaklini o‗zgartiradi va
richagni harakatga keltiradi.
Harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o‗ralgan
qog‗ozda atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: