204
saratonining o‗ta jiddiy ko‗rinishidir. Bu kasallik koeffitsenti Birlashgan Qirollikda
1979- va 1994-yillar oralig‗ida ikki martaga oshgan. Saraton kasalligini oldini
olish uchun himoyalanish ko‗rsatmalarida UBNlardan saqlanish uchun maxsus
kiyimlar kiyish bilan amalga oshirilishi kerakligi ko‗rsatib o‗tilgan. Garchi oddiy
ko‗zoynaklar yuqori chastotalarni qaytarsada, kiyim tarkibi va rangi orqali
himoyaga erishish mumkin. 100 foiz paxta matosidan
tayyorlangan qaymoq rangli
kiyim 10 foizdan kamroq UBN lardan himoyalashni ta‘minlasa, xuddi shu
matodan, ammo yorqin pushti yoki feruza rangli kiyimlar 30 foizdan ko‗proq
himoyalay oladi. Materiallarning cho‗ziluvchanligi yoki namligi himoya
omillarini samaradorligini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin ekan. Chunki
izlanishlar shuni ko‗rsatadiki, yoshlar tomonidan qo‗llaniluvchi qoraytiruvchi
lampalar teri saratonining kelib chiqish ehtimoliligini ikki baravar oshirar ekan.
Ko‗zga ko‗rinadigan yorug‗likning sog‗likka ta‘siri bevosita yoki bilvosita
bo‗lishi mumkin. Misol uchun, Quyosh tutilishi paytida etarli himoyasiz Quyoshga
qarash bilan ko‗z to‗r pardasining kuyishi kuzatilishi mumkin. Yorug‗lik
etishmovchiligi hushni yo‗qotish, haddan ortiq yorug‗lik esa, masalan, kelayotgan
avtomobilning yorug‗ligi tufayli avariyalarga sababchi bo‗lishi mumkin. Ko‗zga
ko‗rinadigan yorug‗lik nurlarining inson salomatligigga salbiy ta‘siri vaqtinchalik
yoki mahalliy bo‗lishi mumkin. SHulardan biri lazer bo‗lib, u
keng diapazonda,
xususan, masofa o‗lchagichlar, payvandlashda, kesishda, teshish asboblarida,
isitish tizimida, ko‗ngilochar jihozlarda (lazerlar tomoshasida), jarrohlikda
qo‗llaniladi.
Lazerlar, shuningdek, videoplastik jihozlarda, supermarket
skannerlarida, printer jihozlarida ishlatiladi. Ko‗pchilik hollarda, lazerlar ta‘sirini
bevosita yoki tasodifiy radiatsiyani o‗tkazishni oldini olish uchun butunlay va
qisman yopiladi.
Oddiy misol, ma‘ruzachilar tomoshabin e‘tiborini tortish uchun
lazer ko‗rsatkichlardan foydalanishadi. Ammo bu kishi ko‗ziga to‗g‗ridan to‗g‗ri
yo‗naltirilganda ko‗z pardasida teshiklar hosil qilib uni kuydirishi mumkin.
Lazerning boshqa ta‘siri innovatsion mahsulotlarda keng qo‗llanilishidir. Shu
sababdan,
Birlashgan
Qirollikda
ishlab
chiqarish
turiga
qarab
lazer
ko‗rsatkichlarini klassifikatsiya qilinishi ommalashgan. Boshqa bir himoya chorasi
205
nur ekranda diametri 1 yoki 2 sm bo‗lgan dog‗cha hosil bo‗lguncha kengaytiriladi.
Bu nafaqat tomoshabinlar ilg‗ashi uchun qulay, balki bu kabi vositalarning
innovatsion mahsulotlarda qo‗llanilishini kamaytiradi. Ammo yuqori kuchlanish
lazerlar nurlari ayrim ko‗z kasalliklarini davolashda foyda beradi. Bunga bir misol,
qovoq sohasining qiyshayishidagi o‗zgarishlarni va miopiyadagi muammolarni
echishda lazer nurlaridan foydalaniladi.
Infraqizil radiatsiya organizmga chuqur ta‘sir qilmaydi,
ammo u nazorat
qilinmasa, teri yuzasi kuyishiga, ko‗zdagi katarakt linzalar yoki parda
zararlanishiga olib keladi. Kataraktalar himoya ko‗zoynaklari bilan osongina
himoyalanishi mumkin. Umumiy vaziyatlarda, binolar ichki qismi kabi,
ortiqcha
issiqlik odatda konditsionerlar va ventilyasiya tizimi orqali boshqariladi, ortiqcha
issiqlik tashqariga chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: