Fan/modul kodi


Fanning maqsad va vazifalari. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 499,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix12.05.2023
ölçüsü499,4 Kb.
#111890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
ЖТН ва У Ишчи дастур Х К

Fanning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” 
fanining maqsadi jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, 
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy 
qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, 
jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy 
tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy 
shakllarini o‘rganish;
tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda 
uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni 
shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatish.
Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan 
talablar. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyatifanini o’zlashtirish jarayonida 
bakalavr:
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish tarixi;
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining jamiyatdagi funksiyasi;
- ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning tashkil qilinishi hamda uning 
ahamiyati;
- jismoniy tarbiya tizimlari, sportchilarni tayyorlash asoslari, ommaviy-sport va 
sog‘lomlashtirish ishlari va ularning ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi; 
- harakatlarga o‘rgatish va yosh davrlariga nisbatan vosita, uslublarni tanlash hamda 
sport mashg‘ulotining qonuniyatlari;
- jahon madaniyatining rivojlanishi jarayonidagi o‘z xalqining jismoniy tarbiya va 
sport tizimi taraqqiyotidagi asosiy bosqichlari;
- jismoniy tarbiya va sportning estetik, axloqiy va ma’naviy qadriyatlari;
jismoniy tarbiya va sportdagi didaktik qonuniyatlar;



- aholining har xil guruhlari bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi jismoniy
tarbiya va sport mashg‘ulotlari uslubiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; 
- jismoniy tarbiya va sport tizimlarini;
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan 
xuquqiy va me’yoriy xujjat asoslarini;
- jismoniy tarbiya va sportning vositalari, tamoyillari va uslublarini, mashg‘ulotlarni 
mazmuni, shakli hamda ularni tuzilish qonuniyatlarini;
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish va nazoratlarni olib 
borishni;
- turli yoshdagilar bilan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini olib
borish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi ko’nikmalariga ega bo‘lishi
kerak; 
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish, rejalashtirish, nazorat 
qilish va o‘tkazish;
- harakatlarga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- harakatlarga o‘rgatishda qo‘llaniladigan vosita, uslub va tamoyillarni tahlil qilish;
- sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish; 
- jismoniy tarbiya va sport ishlarini targ‘ibot qilish;
- jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda jamoalarining boshqaruvini quyi va 
o‘rta bo‘g‘inlarida faoliyat olib borish;
- jismoniy tarbiya va sportda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- sport inshootlarida xizmat ko‘rsatish;
- jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligida majmuali nazoratning uslubiyatlari hamda uni 
tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 499,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin