Fan/modul kodi


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zoro bog’liqligi va uslubiy jihatdan



Yüklə 499,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix12.05.2023
ölçüsü499,4 Kb.
#111890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
ЖТН ва У Ишчи дастур Х К

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zoro bog’liqligi va uslubiy jihatdan 
uzviyligi. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitish ikkinchi va 
uchinchi bosqichlarda amalga oshiriladi. Mazkur fan anatomiya, fiziologiya, psixologiya,
pedagogika, biomexanika, bioximiya, sport turlari nazariyasi va uslubiyati, maxsus fanlarni 
o‘qitish nazariyasi va uslubiyati, jamiyatshunoslik, sport metrologiyasi, sport tibbiyoti, 
informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Fanning ilm-fan, sport hamda ishlab chiqarishdagi o’rni. Jismoniy tarbiya, sport
nazariyasi va uslubiyati” jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy ta’limining nazariy 
poydevori hisoblangan keng bilimlar majmuasini o‘z ichiga olgan asosiy umumiy ixtisoslik 
fanidir. Mazkur fan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda asosiy 
sanaladi. Bu fanning zaruriyati inson faoliyatining ta’lim, tarbiya, ishlab chiqarish, dam olish, 
sport singari ko‘pgina sohalariga tobora chuqurroq kirib borayotgan serqirra ijtimoiy hodisa –
jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi xilma-xil ilmiy-amaliy bilimlarni yaxlit holda anglashga intilish 
bilan taqozo etiladi. Nazariya va uslubiyat inson kamolotining deyarli barcha tomonlarini ochib 
berar ekan, mutaxassisning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kasbiy o‘sishi uchun zarur 
barcha imkoniyatlarini yaratadi. 
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Jismoniy 
tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda tarbiyaviy va ta’limiy vazifalarni hal 
etish uchun mashg‘ulotlarni olib borishning quyidagi interfaol shakllaridan foydalaniladi, 
masalan: interfaol sayr (ekskursiya), keys texnologiyalardan foydalanish, videoanjumanlar, ish 
va rolli o‘yinlar, case-study (muayyan, amaliy vaziyatlar tahlili), guruhli o‘quvbahslar, treninglar 
o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda fanning pedagogik 
ta’minot vositalari – darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyalar, egallangan 
bilimlar darajasini aniqlash uchun test topshiriqlari, ko‘rgazmali qurollar (jadvallar, chizmalar, 
tarqatma materiallar, illyustratsiyalar) dan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o‘qitishda ta’limning texnik 
vositalari, o‘quv va taqdimot uskunalari bilan ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan zamonaviy 
axborot texnologiyalari: video, DVD, multimedia proektorlar, slayd proektorlar, ekran, interfaol 



doska, flin-chartlar, marker doskalari, ular uchun markerlar to‘plami, flin-chartlar uchun 
bloknotlar, internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari mavjud. 

Yüklə 499,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin