2
proteoglikanlar o‘raydi. Megakarioblastlar va megakariotsitlar sinusoid
kapillyarlarning atrofida to‘planadi. Megakariotsitlarning sitoplazmatik
o‘siqchalari kapillyarlar devoridan o‘tadi, ulardan trombotsitlar ajraladi.
Limfopoez va monotsitopoez hujayralari ham sinusoid kapillyarlar atrofida
joylashadi. Etuk qon hujayralari sinusoid kapillyarlar devoridan o‘tib, qonga
tushadilar.
Sariq suyak ko‘migi – naysimon suyaklarning diafizida. Retikulyar va yog
to‘qimalaridan tashkil topgan. Qon yo‘qotganda qizil ilikka aylanishi mumkin
(o‘zak va yarim o‘zak hujayralar kelib joylashadi).
5. Ayrisimon bez (timus).
1) Funksiyalari: T- limfotsitlarning antingenga bog‘liq differensirovkasi, endokrin
- timozin, timopoetin, insulinga o‘xshash omil, kalsitoninga o‘xshash omil,
o‘sish omili kabi gormonlar ajratadi.
2) Tuzilishi - bo‘lakchali. Tashqaridan biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan
o‘ralgan, ulardan bo‘lakchalararo to‘siqlar ajraladi, bo‘lakchalar to‘liq emas.
Bo‘lakchalar stromasini retikulo – epitelial hujayralar (o‘siqchali epite-
liotsitlar) to‘ri tashkil etadi. Har bir bo‘lakchalar tashqi po‘stloq va markaziy
mag‘iz moddalardan iborat. Po‘stloq moddasi – subkapsulyar zonasida T-
limfoblastlar joylashadi, ular differensiallashib mag‘iz moddaga qarab siljiydi,
po‘stlok va mag‘iz moddalar chegarasida postkapillyar venulalar devoridan
o‘tib, qonga ajraladilar. Xususiy antigenlarni taniydigan limfotsitlar
makrofaglar tomonidan yo‘q qilinadi.
Dostları ilə paylaş: