Gemato-timus to‘sigi (barer) – po‘stloq moddada qon kapillyarlari bo‘ylab
bo‘ladi. Quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi: endoteliy, uning bazal
membranasi, makrofaglar va hujayralararo moddadan iborat perikapillyar bo‘shlik,
retikulo – epitelial hujayralar va ularning bazal membranasi. Barer etuk
limfotsitlarni antigen bilan to‘qnashishini oldini oladi.
Mag‘iz moddasi – kam miqdorda limfotsitlar tutadi. T- limfotsitlarning bir qismi
timus va periferik qon o‘rtasida sirkulyasiyalanadi (retsirkulyasiyala-nuvchi pul).
Retikulo – epitelial hujayralari po‘stloq moddadagidan farq qilib, shodasimon
vakuolalar va hujayra ichi kanalchalar tutadi. Mag‘iz modda-sining xususiy
tuzilmasi bo‘lib, Gassal tanachalari xisoblanadi (keratin tutuvchi, degeneratsiyaga
uchragan epiteliy hujayralarning ustma-ust konsent-rik halqalar ko‘rinishida
joylashishi).
3) Aksidental involyusiya – stress holatida T- limfotsitlarning ko‘plab nobud
bo‘lishi, epiteliy hujayralarining proliferatsiyasi, ularda glikoproteidlarning
to‘planishi. Buyrak usti bezi glyukokortikoidlari ushbu jarayonni tezlashtiradi.
YOshga ko‘ra involyusiya – 20 yoshlardan so‘ng limfotsitlar sonining
kamayishi, yog to‘qimasining rivojlanishi kuzatiladi.
4) Timusning qon bilan ta’minlanishining o‘ziga xosligi – bo‘lakchalar ichi
arteriya po‘stloq va mag‘iz yoy arteriyalarga tarmoqlanadi. Po‘stlok va mag‘iz
moddalarida alohida kapillyar to‘r mavjud bo‘lib, po‘stloq kapillyarlari-ning bir
3
qismi kapsula osti venulalariga, bir qismi mag‘iz modda chegarasida
postkapillyar venulalarga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: |