O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti


KURS ISHLARINI TAYYORLASH USLUBLARI



Yüklə 301,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix12.05.2023
ölçüsü301,62 Kb.
#112260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy

KURS ISHLARINI TAYYORLASH USLUBLARI 
«Audit» fani bo’yicha kurs ishi tanlangan mavzu bo’yicha natijalarni 
umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. 
Kurs ishi «Audit» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning 
rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. 
Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan 
natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi 
hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng 
muhim bosqichi - bu qo’yilgan savollarning o’zaro nazariy va amaliy 
aloqadorligini ta’minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to’g’ri belgilash 
talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qo’yish hamda ko’zlangan 
natijaga erishish yo’llarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini 
to’g’ri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va 
sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo’yilgan maqsad hamda 
natijalarini to’g’ri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini 
tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. 
Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan yetukligi hamda «Audit» fani bo’yicha 
chuqur bilimga va amaliy ko’nikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs 
ishida o’rganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, 
qo’yilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal 
etishni ko’zlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida 
yoziladi. Talaba kurs ishi bo’yicha izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil 
qilishning o’ziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini 
o’zimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan 


11 
muammolarning yechimini topish yo’l-yo’riqlarni ishlab chiqadi va bartaraf 
qilish usullarini tavsiya etadi. 

Yüklə 301,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin