O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti


© “AUDIT” fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish bo’yicha



Yüklə 301,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix12.05.2023
ölçüsü301,62 Kb.
#112260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
audit fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish boyicha uslubiy

© “AUDIT” fanidan kurs ishini tayyorlash va himoya qilish bo’yicha 
uslubiy ko’rsatma. - A.: AQXI, 2015. - 19 bet. 
 
 
 
 
 
 
 
 



1. UMUMIY QOIDALAR 
5230900-«Buxgalteriya hisobi va audit» mutaxassisligi talabalari «Audit» 
fanidan 8-semestrda kurs ishini yozishlari va himoya qilishlari lozim. Kurs ishi 
yozishdan maqsad nazariy bilimlarni hamda ko’nikmalarni chuqurlashtirish
amaliy mashg’ulotlarni ilmiy tahlil qilish ko’nikmasini egallash, O’zbekiston 
Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan auditning milliy standartlari asosida 
bilim ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirish, moliyaviy muammolarni 
yechishda mustaqil qaror qabul qila olish va mustaqil fikrlash ko’nikmasini 
namayon qilish va tahlil qilingan materiallarni umumlashtira olish. 
Ushbu kurs ishlari 

«Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yo’nalishi 
bo’yicha talabaning nazariy va metodik bilim saviyasidan kelib chiqib, uni 
tadqiq qilayotgan muassasa yoki sub’ektning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini 
hisobga olish va tahlil etishga hamda uni moliyaviy sog’lamlashtirish va 
rivojlantirish bo’yicha aniq takliflar-tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqishga 
qaratiladi 
Kurs ishi xo’jalik sub’ektlarining aniq materiallari asosida bajariladi. U 
ilmiy tadqiqotga xos xususiyatlarni jamlashi, amaliyotga tadbiq etish uchun aniq 
tavsiyanomalarni ifodalashi lozim.
Kurs ishiga ilmiy rahbarlik kafedra majlisi bayonnomasiga binoan 
tasdiqlangan o’quv yuklamasiga asosan tayinlanadi.
2. KURS ISHIGA MAVZU TANLASH 
Kafedrada kurs ishi mavzulari va ularning taxminiy rejalari ishlab 
chiqilgan. SHunga asoslanib, talaba oldingi ishlarni bajarishdagi tajribalarini, 
o’z ilmiy manfaatlarini va shaxsiy imkoniyatini hisobga olib, mustaqil ravishda 
kurs ishi uchun mavzu tanlaydi. Tanlangan mavzu xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning faoliyatini hisobga olish va tahlil qilish, ularni istiqbolda 
rivojlanish muammolari bo’yicha ilgari bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining 
davomiyligini ta’minlashi kerak. 

Yüklə 301,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin